VEON guruhiga qarayotgan Beeline Uzbekistan 2026-yilning uçinçi çoragida daromadini ötgan yilning şu davriga nisbatan 5,7 foizga oşirib, 1,023 trln sömga yetkazdi. Dollar hisobida bu 86 mln dollarni taşkil etadi va 11 foizlik ösişni anglatadi. Bu haqda UzDaily naşri VEON hisobotiga tayanib xabar berdi.

Operatorning EBITDA körsatkiçi 9,4 foizga oşib, 365,5 mlrd sömga (31 mln dollar, 15,2 foiz ösiş) yetdi. EBITDA marjasi 1,2 foiz bandga kötarilib, 35,7 foizni taşkil etdi. Telekommunikatsiya va infratuzilma yönalişi daromadi 4,3 foizga oşib, 858,5 mlrd sömga, uning EBITDA körsatkiçi esa 6,8 foizga oşib, 341,8 mlrd sömga yetdi.

Beeline Uzbekistan logotipi

Raqamli xizmatlardan tuşum 13,4 foizga köpayib, 164,4 mlrd sömni taşkil etdi. Bu kompaniya umumiy daromadining 16,1 foiziga teng. Beeline’ning raqamli platformalaridan jami 10,9 mln kişi foydalanadi, jumladan Hambi xizmatidan 4,9 mln, Kinom’dan esa 2,9 mln foydalanuvçi.

Yilning dastlabki toqqiz oyida daromad 5,9 foizga oşib, 3,033 trln sömga, EBITDA esa 4,4 foizga oşib, 1,099 trln sömga yetdi. Biroq abonentlar bazasi qisqargan: mobil aloqa abonentlari soni 3,9 foizga kamayib, 7,4 mln ga, 4G foydalanuvçilari 7,1 foizga kamayib, 5,4 mln ga, multiplay abonentlari esa 13,1 foizga kamayib, 3,2 mln ga tuşdi. Kapital xarajatlar 25,7 foizga qisqarib, 103,2 mlrd sömni taşkil etdi, bunga asosan investitsiyalar muddatining surilişi sabab bölgan.

Beeline Uzbekistan’ning IT Park’dagi yangi boş ofisi

Şuningdek, VEON Perfectum brendi ostida işlaydigan Rubicon Wireless kompaniyasini taxminan 207 mln dollarga sotib oliş bitimini 2026-yil 27-oktabrda yakunladi. Perfectum 115 MGs çastota resursiga ega va bu Beeline Uzbekistan’ning çastota resurslarini qariyb 50 foizga oşiradi. VEON bitimning moliyaviy ta’sirini hali baholamagan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar