Huawei buklanuvçi Mate X8 smartfoni Xitoyda 2026-yil 24-noyabrda taqdim etilişini rasman tasdiqladi. Bundan bir kun oldin kompaniya qurilmaning taşqi körinişini ilk bor oşkor qilgan edi. Bu haqda Gizmochina naşriga tayanib iXBT.com xabar berdi.

Huawei Mate X8 buklanuvçi smartfoni

Yangi model Mate X seriyasining avvalgi qurilmalaridagi kabi içkariga buklanadigan ekranni saqlab qolgan. Asosiy kamera orqa panelda dumaloq blokka joylaşgan, old kameralar esa taşqi va içki ekranlardagi teşikçalarga örnatilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, smartfon ikki versiyada — standart va kolleksion (Collector’s Edition) körinişida çiqadi. Xabar qilinişiça, kolleksion versiya Ruiying Z10 taşqi kamerasi bilan mos keladi va bu aksessuar faqat şu versiya uçun möljallangan bölişi mumkin.

Huawei Mate X8 smartfonining orqa paneli va dumaloq kamera bloki

Ma’lumotlarga köra, standart versiya 12 GB operativ xotira hamda 256 yoki 512 GB doimiy xotiraga ega böladi. Kolleksion versiyada esa 16 GB operativ xotira va 512 GB yoki 1 TB doimiy xotira bölişi aytilmoqda.

Mate X8 ning taşqi ekrani 6,5 dyuym, içki ekrani esa 8,15 dyuym bölişi kutilmoqda — bu Mate X7 ekranlaridan biroz kattaroq. Şuningdek, smartfon kamida 6000 mAh siğimli batareya, özgaruvçan diafragmali 50 Mp asosiy kamera, 50 Mp periskop telefoto kamera va ekrandagi ma’lumotlarni begona közlardan yaşiradigan Privacy Display funksiyasini olişi mumkin.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar