Niderlandiyaning Gaaga şahridagi tuman sudi 20-noyabr, juma kuni BYD’ning Ti7 krossoveri Jaguar Land Rover (JLR) kompaniyasining Land Rover Defender uçun Yevropa Ittifoqida ega bölgan dizayn huquqlarini buzadi, deb topdi. CnEVPost naşri xabar berişiça, sud vaqtinçalik ehtiyot çorasi sifatida BYD’ga bu modelni YeIda sotişni taqiqladi.

JLR Defender 110’ni 2019-yil sentyabrda taqdim etgan, uning taşqi dizaynini esa 2018-yilda YeIda röyxatdan ötkazgan. Sud fikriça, ikki avtomobilning kuzov proporsiyalari, yon oynalar şakli, orqa yölovçi eşiklari ortidagi öziga xos panellar va ğildirak arkalarining yumaloq burçaklari deyarli bir xil. BYD körsatgan farqlar esa umumiy taassurotni özgartiriş uçun juda kiçik, deb baholandi.

BYD Ti7 (Fangchengbao Tai 7) krossoveri körgazmada

Qarorga köra, BYD’ga Ti7’ni YeIga olib kiriş, işlab çiqariş, sotiş va yetkazib beriş, şuningdek uni kompaniyaning Vengriyadagi zavodida işlab çiqariş taqiqlanadi. Taqiq sud qarori rasman topşirilganidan bir hafta söng kuçga kiradi. Uni buzganlik uçun jarimalarning umumiy miqdori 10 mln yevro bilan çeklangan. BYD hali Ti7’ni YeIda sotuvga çiqarmagan: kompaniya sudga aniq rejalari yöqligini aytgan, biroq kelajakda çiqarişni istisno qilmagan.

JLR da’voni BYD Buyuk Britaniyada sotuvni boşlaş rejasini e’lon qilganidan keyin kiritgan va modelni ham Britaniyada, ham YeIda bloklaşni söragan. Biroq sud BYD’ning britaniyalik şöba korxonasi ustidan yurisdiksiyaga ega emasligini, JLR esa BYD’ning Niderlandiyadagi kompaniyalari Ti7’ni Britaniyada taklif qilgani yoki reklama qilganini isbotlay olmaganini ta’kidladi. Şu sababli Britaniya böyiça talab rad etildi. JLR’ning tijorat hujjatlari va distribyutsiya kanallari haqidagi ma’lumotlarni oliş talabi ham qanoatlantirilmadi. Qaror vaqtinçalik: agar JLR 6 oy içida asosiy da’vo bilan murojaat qilmasa, taqiq kuçini yöqotişi mumkin.

Reuters ma’lumotiga köra, BYD Ti7’ni mustaqil ravişda yaratganini va u JLR’ning heç qanday huquqini buzmasligini ta’kidlab, qarorga mutlaqo qöşilmasligini hamda şikoyat berişini ma’lum qildi. JLR esa zarur bölganda intellektual mulkini himoya qiliş uçun sudga murojaat qilişini bildirdi. Defender JLR’ning eng köp sotiladigan modeli bölib, 2025-yilda uning global sotuvi 100 mingtadan oşgan.

Ti7 Xitoyda Fangchengbao Tai 7 nomi bilan 2025-yil sentyabrda plagin-gibrid sifatida sotuvga çiqqan, 2026-yil aprelda esa elektr versiyasi qöşilgan. CnEVPost hisob-kitobiga köra, oktyabr oxirigaça modelning jami sotuvi 309 456 donaga yetgan. Britaniyada yetti örindiqli Ti7 uçun oldindan buyurtmalar qabul qilinmoqda, yetkazib beriş 2027-yil yanvarida kutilmoqda. Özbekistonda esa BYD Ti 7 2026-yil oktyabrda beş örindiqli, tört ğildirakli plagin-gibrid sifatida taqdim etilgan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar