Geely Auto’ga qaraşli premium elektromobil brendi Zeekr 2027-model yilidagi 7X krossoverini 2026-yil 27-noyabrda rasman taqdim etadi. Bu sana Guançjou avtosalonining birinçi kuni va matbuot kuniga töğri keladi. Kompaniya bu haqda payşanba kuni tarqatgan bayonotida ma’lum qildi, deb yozadi CnEVPost naşri. Taşkilotçilar ma’lumotiga köra, 27-noyabrdan 6-dekabrgaça Kanton yarmarkasi majmuasida ötadigan avtosalonda 115 ta yangi model debyut qiladi.

Yangilangan Zeekr 7X elektr krossoveri

Yangi 7X uçun Xitoyda oldindan buyurtmalar 5-noyabrdan qabul qilinmoqda. Boşlanğiç narx 229 800 yuan (taxminan 34 230 dollar) bölib, oldingi versiya bilan bir xil. Taqdimotgaça buyurtma bergan xaridorlar uçun 2000 yuanlik oldindan tölov 7000 yuan sifatida hisoblanadi. Körgazma avtomobillari allaqaçon mamlakat böylab dökonlarga yetib kelgan.

Asosiy özgariş şundaki, endi butun model qatori 900 voltli yuqori kuçlanişli arxitekturaga ötkazildi. Şuningdek, avvalgi 75 kWh va 103 kWh batareyalar orasidagi böşliqni 85 kWh siğimli Shendun Golden Battery batareyasiga ega yangi versiya töldiradi. Krossover uç xil komplektatsiyada taklif etiladi: orqa ğildirak yuritmali RWD Max (75 kWh), RWD Max+ (85 kWh) va tört ğildirak yuritmali AWD Ultra (103 kWh). RWD Max+ CLTC sikli böyiça 680 km yuradi, CATL’ning 103 kWh siğimli Qilin batareyasi bilan esa bu körsatkiç 802 km gaça oşadi.

2027-model yilidagi Zeekr 7X

Zeekr ma’lumotlariga köra, 75 va 85 kWh versiyalar 10 foizdan 80 foizgaça 10,5 daqiqada, 103 kWh versiya esa 10 daqiqada quvvatlanadi. Yangi modelda Geely Afari Smart Driving (G-ASD) 4.1 haydovçiga yordam tizimi ilk bor qöllanadi. Barça versiyalarda şina yorilganda barqarorlikni saqlaş tizimi, faol şovqinni söndiriş va elektromagnit amortizatorlar standart sifatida örnatilgan.

7X dastlab 2024-yil sentyabrida çiqqan va 2025-yil oktyabrida yangilangan edi. Model 50 dan ortiq mamlakat va hududga kirib borgan, 2026-yil avgust oyi oxiriga kelib dunyo böyiça buyurtmalar soni 200 mingtadan oşgan. 2026-yilning yanvar–oktyabr oylarida 97 165 dona 7X yetkazib berilgan, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 62,17 foiz köp va Zeekr’ning jami 320 887 donalik yetkazib berişlarining 30,28 foizini taşkil etadi. Oktyabrda esa 10 359 dona krossover xaridorlarga topşirilgan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar