Grand Theft Auto VI rasman sotuvga çiqdi. iXBT.com naşri xabar berişiça, öyin 18-noyabr kuni dastlab Yangi Zelandiyada oçildi. Qolgan mamlakatlarda u har bir davlatning mahalliy vaqti bilan yarim tunda işga tuşadi.

Grand Theft Auto VI öyinidan kadr

Naşr keltirgan jadvalga köra, Toşkent vaqti bilan öyin Yangi Zelandiyada 18-noyabr soat 16:00 da, Hindistonda 18-noyabr soat 23:30 da, Turkiyada 19-noyabr soat 02:00 da, Polşada 19-noyabr soat 04:00 da, AQŞda esa 19-noyabr soat 10:00 da oçiladi.

Öyin mutaxassislar tomonidan juda yuqori baholandi. Metacritic’da Grand Theft Auto VI 98 ta ixtisoslaşgan naşr baholari asosida 100 balldan 99 ball töplagan. Bu natija uni tarixdagi eng yuqori baholangan videoöyinlar qatoriga qöşadi.

Seriyaning oldingi qismi – GTA V 2013-yil 17-sentyabrda çiqqan edi. Örtadagi 13 yil davomida Rockstar yangi qism örniga GTA V’ning bir neçta qayta naşrini taqdim etdi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar