TechCrunch naşri xabar berişiça, Miçigan ştatidagi Our Next Energy (ONE) batareya startapi Wen Acquisition Corp maxsus maqsadli akvizitsiya kompaniyasi (SPAC) bilan birlaşiş orqali ommaviy kompaniyaga aylanadi. Birlaşgan kompaniya aksiyalari Nasdaq birjasida «ONEE» tikeri ostida savdoga çiqadi. Bitim şartlariga köra, ONE birlaşuvgaça 600 mln dollarga baholangan, aksiyadorlar mablağlarini qaytarib olmagan taqdirda bitim 400 mln dollar yalpi tuşum keltiradi. Birlaşgan kompaniyaning taxminiy kapital qiymati 1 mlrd dollarni taşkil etadi.

PitchBook ma’lumotlariga köra, ONE jami 483 mln dollar sarmoya jalb qilgan, bir paytlar uning qiymati 1,3 mlrd dollarga baholangan. Kompaniya asosçisi Mujeeb Ijaz ilgari Ford va Apple’da muhandis bölib işlagan, LFP kimyosini ilk bor tijoratlaştirgan A123 Systems’ning avtomobil bölimiga rahbarlik qilgan. ONE’ning dastlabki loyihasida LFP va marganetsga boy batareyalar bitta elektromobil batareya blokida birlaştirilgan edi: prototip bir marta quvvatlanib 600 mildan ortiq masofani bosib ötgan.
2023-yil oxirida C seriyali raund orqali mablağ jalb qiliş urinişi muvaffaqiyatsiz tugadi. Buning sabablaridan biri elektromobillarga talab kutilganidan sekin östgani va avtoişlab çiqaruvçilar arzonroq, köpinça Xitoyda işlab çiqarilgan batareyalarni afzal körgani böldi. ONE xodimlarni qisqartirdi va Miçiganda qurilişi rejalaştirilgan 1,6 mlrd dollarlik zavod ijarasidan voz keçdi. Ijaz 2023-yil dekabrida boş direktor lavozimidan çetlatilgan, ammo 2025-yil martida yangi moliyalaştiriş raundidan söng qaytgan. Bu raundni boşqalar qatori uning birodariga tegişli investitsiya kompaniyasi ham boşqargan.
2025-yilda ONE elektromobillardan voz keçib, energiya tizimlari uçun batareyalarga ötdi, endi esa asosiy e’tiborni mudofaa va temir yöl sohalariga qaratmoqda. Kompaniya 2,8 MWh siğimli batareyaga ega gibrid lokomotiv hamda dizel dvigatellarini tezroq işga tuşirişga yordam beradigan «mikrogibrid» tizimni yaratgan. Ijazning aytişiça, mijozlar dizel yoqilğisi sarfida «50 foizlik yaxşilaniş»ni kuzatmoqda. Mudofaa yönalişida dronlar, suv osti kemalari va harbiy ma’lumot markazlari tilga olinadi. Investorlar uçun taqdimotda mudofaa bozori taxminan 16,2 mlrd dollar, temir yöl bozori esa 28,2 mlrd dollar deb baholangan.

ONE’ning Miçigan ştatidagi Novi şahrida yiliga 3 GWh quvvatga ega batareya bloklari yiğiş zavodi bor, yaqin atrofdagi yaçeykalar zavodi esa yiliga 50 MWh gaça kengaytirilmoqda. Kompaniya bu yil 30 mln dollar daromad kutmoqda, keyingi yil bu körsatkiç taxminan ikki baravar ortişi mumkin. ONE temir yöl kompaniyalari va mudofaa pudratçilari bilan 200 mln dollarlik majburiy köp yillik şartnomalarga ega ekanini ma’lum qildi. Kompaniya avtomobil sohasidagi işlardan ham voz keçmayotganini, biroq faqat maqbul şartlardagina bunga tayyor ekanini aytdi.