BYD kompaniyasi uçinçi avlod Tang beş örindiqli elektr krossoverini 2026-yil 24-noyabrda rasman sotuvga çiqaradi. Bu haqda Yiche portaliga tayanib CnEVPost naşri xabar berdi. Model Dynasty seriyasida texnologik flagman sifatida joylaşadi va iyun oyida çiqqan yetti örindiqli Da Tang bilan birga brendning ikki flagman krossoverdan iborat qatorini taşkil etadi.

Krossoverga oldindan buyurtmalar 13-noyabrda boşlangan. Uç versiya taklif etilmoqda: bir motorli orqa yuritmali versiya 225 ming yuan (taxminan 33 510 dollar), yuqoriroq komplektatsiyadagi orqa yuritmali versiya 240 ming yuan, ikki motorli tört ğildirak yuritmali versiya esa 260 ming yuan turadi. Yangi Tang ilk bor 2026-yil avgustida Çengdu avtosalonida namoyiş etilgan edi.

Uçinçi avlod BYD Tang elektr krossoveri

Avtomobilning uzunligi 5045 mm, kengligi 1980 mm, ğildiraklar oraliği esa 2950 mm ni taşkil etadi. Ikkinçi qatorda oyoqlar uçun 1003 mm joy bor, orqa örindiq suyançiği 130 gradusgaça yotqiziladi. Orqa yuritmali versiyalarda 300 kVt (402 ot kuçi) quvvatli bitta motor örnatilgan va CLTC sikli böyiça yuriş zaxirasi 850 km gaça yetadi. Tört ğildirak yuritmali versiyaning umumiy quvvati 515 kVt bölib, u 0 dan 100 km/soat tezlikkaça 4,3 soniyada çiqadi, yuriş zaxirasi esa 770 km.

Krossover BYD’ning ikkinçi avlod Blade batareyasi va tezkor quvvatlaş texnologiyasidan foydalanadi. Ma’lum qilinişiça, xona haroratida batareya 10 foizdan 70 foizgaça taxminan 5 daqiqada, 97 foizgaça esa taxminan 9 daqiqada quvvatlanadi.

BYD Tang krossoverining salon va jihozlari

Salonda DiLink Max tizimi, 35,4 dyuymli ekran va 30 dyuymli panoram ekran örnatilgan, alohida asboblar paneli esa qöşimça opsiya sifatida taklif etiladi. Barça tört örindiqda ventilyatsiya, isitiş va 10 nuqtali massaj bor, old yölovçi örindiği «nol gravitatsiya» rejimiga ega. Old qismda 205 litrli elektr yukxona, salonda esa 6,8 litrli muzlatgiç joylaşgan. Barça versiyalarda LiDAR’li God’s Eye B haydovçiga yordam tizimi standart bölib, u şahar ködalarida avtopilot va avtomatik parkovkani qöllab-quvvatlaydi. Krossover DiSus-A ikki kamerali pnevmatik osma bilan jihozlangan. Versiyalar böyiça yakuniy xususiyatlar taqdimot kuni e’lon qilinadi.

CnEVPost ma’lumotlariga köra, oktabr oyida Tang modellari sotuvi yillik hisobda 15,24 foiz östib, 16 664 donaga yetgan. Biroq 2026-yilning yanvar–oktabr oylarida jami sotuvlar 25,28 foizga kamayib, 98 278 donani taşkil etgan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar