Google kompaniyasi 16-noyabr kuni Google Maps xizmatiga sun’iy intellekt asosidagi yangi imkoniyatlar qöşilganini e’lon qildi. TechCrunch naşri xabar berişiça, ular xizmatning Ask Maps deb nomlangan AI vositasi orqali işlaydi va duşanbadan boşlab Android hamda iOS qurilmalarida foydalanuvçilarga taqdim etilmoqda.
Endi foydalanuvçi Ask Maps’dan bosqiçma-bosqiç sayohat rejasini tuzib berişni söraşi mumkin. Masalan, bayram oldidan bir kunlik xarid sayri yoki dengiz böyidagi piyoda yöllar va okean manzarali restoranlarni öz içiga olgan uç kunlik avtosayohat. Har bir reja kunma-kun tuzilgan marşrut, foydali maslahatlar va xaritadagi raqamlangan belgilardan iborat böladi. Tayyor rejani döstlar va oila a’zolari bilan bölişiş, kompyuterda esa Google Docs’ga eksport qiliş mumkin.

Reja böyiça harakatlanayotganda keyingi manzildagi tirbandlik, korxonaning iş vaqti va u yerdagi muhit haqida real vaqt rejimida ma’lumot körinadi. Foydalanuvçi marşrutga yangi töxtaş joyi, masalan, manzarali nuqta yoki tuşlik uçun kafe qöşa oladi, istalgan manzilni bosib esa yöl körsatmalarini oladi.
Bundan taşqari, Ask Maps gözallik saloni, uy hayvonlarini parvarişlaş, avtoservis va uy ta’miri xizmatlariga onlayn yozilişni topa oladi hamda mahalliy korxonalarga telefon qila oladi. Masalan, «yaqin atrofda soat 16:00 ga manikyurga yozilişni top» deb sörasa, xizmat yaqin atrofdagi korxonalardagi böş vaqtlarni körsatadi. Saqlangan röyxatlardagi joylardan böş örni borlarini ham topiş mumkin: masalan, keyingi 30 daqiqada beş kişi uçun joy bor-yöqligini söraş orqali.
Şuningdek, Ask Maps Yevropaning 30 ta davlatiga, jumladan Ispaniya, Germaniya va Buyuk Britaniyaga kengaymoqda. Naşr ta’kidlaşiça, bu yangiliklar sun’iy intellekt faqat savollarga javob beriş emas, balki foydalanuvçi uçun vazifalarni bajarişga qarab siljiyotganini körsatadi. Misol tariqasida Meta’ning yaqinda AQŞdagi korxonalarga foydalanuvçilar nomidan telefon qiliş imkoniyatini olgan Muse AI agenti keltirilgan.