Xitoyning Li Auto elektromobil işlab çiqaruvçisi asoşçisi, direktorlar kengaşi raisi va boş direktori Li Xiang kompaniyaning öz çipi — Mach M100’ni bosqiçma-bosqiç taşqi mijozlarga ham yetkazib berişni ma’lum qildi. U bu haqda 17-noyabr, seşanba kuni Weibo ijtimoiy tarmoğida yozdi, deb xabar bermoqda CnEVPost naşri.
Li Xiang’ning söziga köra, bir neçta robototexnika kompaniyasi Mach M100 çipini sotib olişi mumkinmi, deb söragan. U ma’lumotlar oqimiga asoslangan hisoblaş arxitekturasi jismoniy sun’iy intellekt mahsulotlari uçun muhim ekanini ta’kidladi. «Hamkorlarimizning işonçi uçun minnatdormiz va Mach M100 çipini taşqi mijozlarga yetkazib berişni bosqiçma-bosqiç yölga qöyamiz», — dedi u. Biroq postda mijozlar nomi, yetkazib beriş muddatlari va imzolangan şartnomalar haqida ma’lumot berilmagan.

Mach M100 5 nanometrli avtomobil darajasidagi texnologik jarayon asosida işlab çiqarilgan, bitta çipning hisoblaş quvvati 1280 TOPS ni taşkil etadi. Li Auto’ning 2026-yilda çiqqan bir neçta yangi modelida u standart sifatida örnatilgan. Li Xiang uni dinamik ma’lumotlar oqimi arxitekturasiga ega dunyodagi ilk ommaviy işlab çiqarilgan AI çipi deb ataydi: bu yondaşuv hisoblaş bloklari va xotira örtasida ma’lumot köçirişga ketadigan sarfni kamaytirişga qaratilgan. Çip arxitekturasi haqidagi maqola ISCA xalqaro kompyuter arxitekturasi simpoziumining sanoat yönalişiga qabul qilingan. CnEVPost’ga köra, Li Auto bunga erişgan birinçi avtomobil işlab çiqaruvçisidir.
Li Xiang’ning posti kompaniya texnik direktori Xie Yan’ning TSMC tomonidan ötkazilgan 2026 China OIP ekotizim forumidagi çiqişiga töğri keldi. U samarali AI inferens tizimlarini loyihalaş va joriy etiş haqida gapirdi.

Eslatib öteylik, 16-oktabrda Li Auto çip biznesi uçun Shanghai Mahe Xin Technology (MHX Technology) kompaniyasi orqali 1,625 mlrd yuan (taxminan 242 mln dollar) miqdoridagi birinçi investitsiya raundini e’lon qilgan edi. Undan 1 mlrd yuanni Li Auto’ning özi, 625 mln yuanni esa taşqi investorlar kiritişga majburiyat olgan, yana 500 mln yuangaça qöşimça mablağ jalb qiliş imkoniyati ham bor. Li Auto MHX ustidan nazoratni saqlab qoladi. MHX çiplar, domen kontrollerlari va operatsion tizimlarni Li Auto avtomobillaridan taşqari boşqa mijozlarga ham taklif qilişni hamda faoliyatini avtomobil sohasidan kengaytirişni rejalaştirmoqda.