Iroqning OAV va aloqa masalalari boşqarmasi butun mamlakat böylab Telegram messenjerini bloklaş haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Iroq axborot agentligi (INA) xabar berdi.
Regulyator ma’lumotiga köra, qaror Boş vazir körsatmasi asosida va platforma operatori amaldagi qonunçilik hamda me’yoriy talablarni bajarmagani sababli qabul qilingan. Rasmiylar Telegram foydalanuvçilar joylagan noqonuniy kontentni öçiriş uçun zarur çoralarni körmagani va mahalliy qonun talablariga javob bermaganini ta’kidlamoqda.

Bloklaşdan maqsad platformadan ekstremistik materiallarni tarqatiş, nizo, zoravonlik va nafratga undaş, kiberjinoyatlar sodir etiş hamda milliy xavfsizlikka tahdid soliş uçun foydalanişning oldini oliş ekani aytilgan.
Telegram’ga huquqiy masalalarni hal qiliş va faoliyatini Iroq talablariga moslaştiriş uçun 30 kun muhlat berildi. Regulyator kompaniyadan Iroqqa oid e’lon qilinayotgan kontentni tekşiriş, noqonuniy materiallarga qarşi çora köriş va qonun doirasida davlat organlari bilan hamkorlik qilişni talab qilmoqda. Boşqarma milliy qonunlarga rioya qiliş raqamli platformalarning Iroqda faoliyat yuritişni davom ettirişi uçun majburiy şart ekanini ham qayd etdi.
iXBT naşri eslatişiça, bundan oldin Telegram Iordaniyada ham bloklangan edi.