Xitoyning BYD kompaniyasiga qaraşli premium Denza brendi Hindiston bozoriga ikki elektr modeli — D9 va Z9GT bilan kirdi. Bu haqda brend seşanba kuni Weibo’dagi rasmiy sahifasida e’lon qildi. CnEVPost naşri bir qator OAV xabarlariga tayanib yozişiça, taqdimot marosimi Hindistonda 13-noyabr kuni bölib ötgan va u mamlakatdagi badavlat xaridorlarga möljallangan.

Denza’ning Hindistondagi saytiga köra, yetti örindiqli D9 elektr miniveni salondagi narxi 9 mln rupiyni (taxminan 95 810 dollar) taşkil etadi. Model 115,07 kVt·soat siğimli batareya bilan jihozlangan, NEDC sikli böyiça 730 km yura oladi, maksimal quvvati esa 340 kVt (456 ot kuçi). D9 guruh bölib sayohat qiluvçilarga möljallangan va Mercedes-Benz V-Class hamda Toyota Vellfire bilan raqobatlaşadi.
Beş örindiqli Z9GT elektromobili esa 15,68 mln rupiy turadi. Unga 122,49 kVt·soat siğimli batareya örnatilgan, NEDC böyiça yuriş masofasi 670 km. Uç elektr motorli tört ğildirak yetakçi tizim umumiy 850 kVt quvvat beradi va avtomobil soatiga 100 km tezlikkaça 2,7 soniyada çiqadi. Har ikki model BYD’ning ikkinçi avlod Blade batareyasidan foydalanadi.

Reuters keltirgan bayonotda BYD India katta vitse-prezidenti Rajeev Chauhan Denza’ning bozorga kirişi mahalliy xaridorlarning özgaça haşamatli avtomobillarga bölgan östib borayotgan talabini qondiriş yölidagi muhim qadam ekanini ta’kidladi.

Reuters ma’lumotlariga köra, 2025-yilda Hindistonda sotilgan 4,4 mln yengil avtomobilning bir foizdan sal köproğini haşamatli avtomobillar taşkil etgan, import modellarga qöyilgan yuqori bojlar esa bu bozorni çeklayotgan asosiy omillardan biri. Bloomberg xabariga köra, BYD’ning Hindistondagi sotuvlari 2025-yilda taxminan 88 foizga östib, qariyb 5500 donaga yetgan. Biroq Hindiston bilan quruqlikda çegaradoş davlatlar uçun qattiq investitsiya qoidalari mahalliy zavod quriş imkonini çeklaydi, şu sabab BYD avtomobillarni Xitoydan olib kelib, yuqori bojlarga duç kelmoqda. Bloomberg yanvar oyida manbalarga tayanib, BYD Hindistonda mahalliy yiğuvni körib çiqayotganini yozgan edi. Denza esa aprel oyida Yevropa bozoriga çiqqan.