NASA’ning Voyager 1 zondi 18-noyabr kuni Yerdan bir yoruğlik kuni, ya’ni taxminan 25,9 mlrd km masofaga yetdi. Bu radiosignal zond bilan Yer orasidagi yölni 24 soatda bosib ötişini anglatadi. iXBT.com naşri NASA’ga tayanib xabar berişiça, bu tarixiy marra jiddiy muammo bilan bir vaqtga töğri keldi.

14-noyabrdan beri apparat Yerga ilmiy va texnik ma’lumotlarni uzatmayapti. NASA’ning Deep Space Network (DSN) tarmoği tarkibidagi Kanberra antennasi zonddan taşuvçi signalni qabul qilmoqda, biroq unda heç qanday ma’lumot yöq. Bu uzatgiç işlayotganini va oriyentatsiya tizimi antennani Yerga qaratib turganini körsatadi.
Muhandislar muammo bort kompyuterida bölişi mumkin, deb taxmin qilmoqda: aynan u quyi tizimlar va ilmiy asboblardan ma’lumot yiğib, ularni uzatişga tayyorlaydi. 2023-yilda ham şunga öxşaş holat kuzatilgan edi: öşanda Yer stansiyalari taşuvçi signalni foydali ma’lumotlarsiz qabul qilgan, sabab esa bort kompyuterlaridan birining nosozligi bölib çiqqan.

Mutaxassislar hozirgi nosozlik oktyabr oyidagi qisqa uzilişga bağliq yoki bağliq emasligini ham tekşirmoqda: ötgan oy Voyager 1 taxminan 48 soat davomida aloqaga çiqmagan, söng uzatişni özi qayta tiklagan. Diagnostika bir neça hafta yoki undan ham köproq vaqt olişi mumkin, çunki har bir buyruq zondga, javob esa Yerga taxminan bir kunda yetib keladi.
19-noyabr kuni missiya jamoasi taşuvçi signal va traektoriya hisob-kitoblari asosida bir yoruğlik kuni marrasini tasdiqlamoqçi. Space.com ma’lumotiga köra, egizak zond Voyager 2 bu masofaga 2035-yilda yetişi kutilmoqda. NASA 1977-yilda uçirilgan missiyani iloji boriça uzoq qöllab-quvvatlamoqçi, biroq uning davomiyligi eskirayotgan tizimlar va muqarrar texnik nosozliklar bilan çeklangan.