Google qidiruv tizimidagi AI Mode suhbat interfeysiga «vaqtinçalik suhbatlar» (temporary threads) funksiyasini qöşdi. Bunday suhbatlar keyinçalik qidiruv tarixida yoki tavsiyalarda qayta körinmaydi. Bu haqda kompaniya öz blogida ma’lum qildi, TechCrunch naşri esa yangilik tafsilotlarini keltirdi.

Google Search uzoq vaqtdan beri foydalanuvçi hisobiga bağlanmasligi kerak bölgan sörovlar uçun inkognito rejimini taklif qilib kelmoqda. Köplab sun’iy intellekt çatbotlarida, jumladan Google’ning Gemini xizmatida ham vaqtinçalik suhbatlar allaqaçon mavjud. Biroq AI Mode’da bunday imkoniyat şu paytgaça yöq edi.

Google AI Mode’dagi vaqtinçalik suhbat funksiyasi

Yangi funksiyadan foydalaniş uçun sozlamalarni özgartiriş şart emas: AI Mode oynasining yuqori öng burçagidagi vaqtinçalik suhbat belgisini bosiş kifoya. U Gemini çatbotidagi vaqtinçalik çat kabi işlaydi. Bunday suhbat boşlanişi bilan sessiya foydalanuvçi hisobidan ajratiladi: javoblar oldingi afzalliklarni hisobga olmaydi, suhbatning özi esa kelajakdagi şaxsiylaştirişga ta’sir körsatmaydi.

Kompaniya fikriça, bu şaxsiy mavzuni örganayotganda yoki bir martalik javob kerak bölganda, Google uni foydalanuvçining asosiy qiziqişi deb hisoblamasligi uçun foydali. Vaqtinçalik suhbat yopilgaç, foydalanuvçi odatiy qidiruv rejimiga qaytadi.

Google ma’lumotlariga köra, funksiya kompyuter va mobil qurilmalarda, qöllab-quvvatlanadigan barça tillarda butun dunyo böylab bosqiçma-bosqiç işga tuşirilmoqda.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar