Xiaomi brendi ostidagi avtomobillar ilk marta Xitoydan taşqarida oldindan sotuvga qöyildi: Birlaşgan Arab Amirliklarida SU7 sedani, YU7 krossoveri va masofasi uzaytirilgan Skynomad krossoveriga buyurtma qabul qilinmoqda. CarNewsChina naşri IT Home’ga tayanib xabar berişiça, bu kompaniyaning 2027-yilga rejalaştirilgan kengroq xalqaro ekspansiyasi oldidan qöyilgan ilk qadamdir. BAA’da savdoni Xiaomi’ning öz tarmoği emas, mahalliy distribyutor Gargash Prime Automotive olib boradi.

17-noyabr kuni Şenjenda bölib ötgan APEC 2026 biznes rahbarlari sammitida Xiaomi boş direktori Lei Jun kompaniya kelgusi yili rasman xorijiy bozorlarga çiqişini ma’lum qilgan edi. Gargash Prime saytida uçala model böyiça jami 13 ta versiya keltirilgan.

Xiaomi avtomobillari: Skynomad N90, YU7, SU7 Ultra va SU7

BAA’da SU7 narxi 169 900 dirhamdan (46 263 dollar) boşlanadi, Xitoyda esa bu model 219 900 yuandan (33 011 dollar) sotiladi. YU7 uçun boşlanğiç narx 184 900 dirham (50 347 dollar), Xitoyda esa 233 500 yuan (35 052 dollar). Skynomad BAA’da 209 900 dirhamdan (57 155 dollar), Xitoyda 209 900 yuandan (31 509 dollar) turadi. Eng qimmat versiya – SU7 Ultra – 375 900 dirham (102 355 dollar) baholangan. Naşr hisob-kitobiga köra, BAA’dagi narxlar SU7 va YU7 uçun taxminan 40 va 44 foiz, Skynomad N70 uçun esa qariyb 81 foiz yuqori.

SU7 Standard va Ultra, YU7 Standard, Skynomad N70 Pro hamda N90’ning ikkala versiyasi 2026-yil dekabrida, qolgan versiyalar esa 2027-yil fevralida xaridorlarga topşiriladi. Diler 5 yilgaça yoki 150 ming km gaça kafolat va 60 ming km gaça rejali texnik xizmat körsatişni va’da qilmoqda. Lizing oyiga SU7 Standard uçun 3899 dirhamdan (1062 dollar), YU7 Standard uçun 4199 dirhamdan (1143 dollar), Skynomad N70 Pro uçun 4699 dirhamdan (1280 dollar) boşlanadi.

Qizil rangli Xiaomi YU7 elektr krossoveri

SU7 va YU7 töliq elektr modellardir: SU7 Ultra quvvati 1138 kW (1526 ot kuçi), YU7 GT niki esa 738 kW (990 ot kuçi). Skynomad’da 1,5 litrli turbo benzin dvigateli generator vazifasini bajaradi, u beş örindiqli N70 va yetti örindiqli N90 versiyalarida taklif etiladi. N90 ning CLTC sikli böyiça umumiy yuriş masofasi 1705 km ni taşkil qiladi.

Xiaomi boşqa bozorlarga ham tayyorlanmoqda. Sentyabr oyida kompaniya Yevropaga kiriş oldidan Germaniyadagi sakkizta diler guruhi, jumladan Emil Frey va LUEG bilan anglaşuv memorandumlarini imzolagan. Şuningdek, Xiaomi Avstraliyaning Sidney şahrida avtomobil yönalişi uçun yuridik va moliyaviy mutaxassislarni qidirmoqda, biroq naşr bu Avstraliyada savdo boşlanişini hali tasdiqlamasligini ta’kidlaydi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar