Spotify asoşçisi Daniel Ek Buyuk Britaniyada joylaşgan Europa Fusion nomli termoyadro sintezi startapini qöllab-quvvatlamoqda. Bu haqda ilk bor Bloomberg xabar bergan, TechCrunch naşri esa kompaniya va uning asoşçisi haqida qöşimça tafsilotlarni e’lon qildi. Sarmoya miqdori va kompaniyaning qiymati oşkor qilinmagan.
Startapga sun’iy intellekt tadqiqotçisi Nantas Nardelli asos solgan. U ilgari Google DeepMind, Facebook AI Research va Microsoft Research Cambridge’da işlagan. Sönggi paytlarda esa Kaliforniyaning Fremont şahridagi Pacific Fusion termoyadro startapida maşinali öqitiş yönalişi rahbari bölgan. Europa Fusion fevral oyida taşkil etilgan, biroq TechCrunch manbalariga köra, Nardelli bu ğoya ustida undan ança oldin işlay boşlagan.

Yangi kompaniya ham Pacific Fusion kabi impulsli energiya (pulsed power) yondaşuvidan foydalanadi. Bunday reaktorlarda juda kuçli va aniq vaqtda beriladigan elektr toki zarbalari yoqilği nişonini siqadi, natijada atomlar birikib energiya ajratadi. Pacific Fusion yaqinda Nyu-Meksikoda namoyiş qurilmasi qurilişini boşlagan va öz nazariyalarini sinaşda asosan fizik qurilmalarga tayanadi.
Nardelli’ning qaraşlari bilan taniş manbaning aytişiça, u bunday uskunalarga urğu berişga qöşilmagan va termoyadro startaplari köproq simulyatsiya hamda ma’lumotlarga asoslangan yöldan borişi kerak, deb hisoblaydi. TechCrunch’ning yozişiça, Nardelli’ni sun’iy intellektdan termoyadro energetikasiga ötişga uğlerodsiz elektr energiyasi oliş imkoniyati undagan.

Nardelli öz saytida asli elektronika va boşqaruv muhandisligi sohasidan ekanini yozgan. Uning söziga köra, u avval robotlar yasab tirikçilik qilgan va bir kun bu işga qaytadi, ammo hozir iqlim özgarişi muammosini butunlay hal qiliş vaqti kelgan.