Nio kompaniyasining ixçam elektromobillar brendi Firefly Norvegiya poytaxti Osloda Haven maxsus versiyasini Yevropada ilk bor namoyiş etdi. CnEVPost naşri xabar berişiça, taqdimot SNØ yopiq çanği arenasida bölib ötdi. Firefly’ning rasmiy ilovasida e’lon qilingan bayonotga köra, model Yevropada 2027-yil bahorida sotuvga çiqariladi.

Kris Tomasson Osloda Firefly Haven maxsus versiyasi yonida

Taqdimot Nio’ning Norvegiya bozoriga kirganiga beş yil töliş sanasiga töğri keldi. Tadbirda Nio’ning dizayn böyiça katta vitse-prezidenti va global brend direktori Kris Tomasson modelning dizayn falsafasi haqida gapirib berdi. Haven Firefly’ning dizaynga urğu beruvçi Halo seriyasidagi birinçi model hisoblanadi. U 2026-yil uçun tanlangan «içki nur» şiori asosida yaratilgan va şahar hayotidagi osoyiştalikni ifodalaşi kerak.

Avtomobil taşqi tomondan faqat şu versiya uçun möljallangan «osoyişta yaşil» metallik böyoqqa ega. Old va orqa logotiplar yaşil rangda yonadi, ğildirak markazidagi qopqoqlar ham ularga mos bezatilgan. Şuningdek, ikki rangli disklar va kuzovning qora pastki qoplamasi örnatilgan.

Firefly prezidenti Daniel Jin Haven maxsus versiyasi yonida

Salonda örindiqlarning yelka qismi, eşik tirsakqöyğiçlari va old panel «mox örmoni» rangidagi qayta işlangan Urbanite aralaş matosi bilan qoplangan. Bosh tayançlari va eşik panellarida faqat şu versiyaga xos börtma naqşlar bor.

Haven Xitoyda 20-iyulda sotuvga çiqqan edi. U yerda uning narxi batareya bilan birga 133 300 yuandan (19 860 dollar) boşlanadi, bu oddiy Firefly’dan 11,27 foiz qimmat. Brendning şu nomdagi birinçi modeli Xitoyda 2025-yil aprelida taqdim etilgan bölib, premium ixçam elektromobillar segmentida Mini va Smart kabi brendlar bilan raqobatlaşadi. Yevropa uçun narx hali e’lon qilinmagan: texnik xususiyatlar, narx va yetkazib beriş rejalari keyinroq ma’lum qilinadi.

Osloda namoyiş etilgan Firefly Haven’ning orqa tomoni

CnEVPost ma’lumotlariga köra, oktyabrda Firefly 7738 ta avtomobil yetkazib bergan. Bu ötgan yilning şu oyiga nisbatan 30,89 foiz, sentyabrga nisbatan esa 5,61 foiz köp bölib, ketma-ket ikkinçi oy rekord körsatkiç hisoblanadi. 2026-yilning dastlabki 10 oyida brend 55 860 ta, 2025-yil aprelidan oktyabr oxirigaça esa jami 95 274 ta avtomobil yetkazib bergan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar