Take-Two Interactive kompaniyasi 2026-yil 20-noyabrda Grand Theft Auto VI’ning ilk sotuv natijalarini e’lon qildi. Kompaniya hisob-kitoblariga köra, 19-noyabr kuni oxirigaça dunyo böyiça öyinning çakana savdosi 3,79 mlrd dollarni taşkil etgan. Take-Two buni har qanday turdagi köngiloçar mahsulotlar orasida yangi rekord deb atadi.

Kompaniya ma’lumotiga köra, öyin rasmiy çiqişidan oldinoq 32,5 mln nusxada sotilgan. Bu ham barça platformalar uçun yangi rekorddir. StopGame naşri qayd etişiça, GTA VI Rockstar tarixidagi eng tez sotilayotgan öyinga aylandi.
Take-Two GTA VI’ni eng köp daromad keltirgan köngiloçar mahsulot va tarixdagi eng yuqori baholangan öyin sifatida taqdim etmoqda: u Metacritic’da 100 balldan 99 ball olgan. Taqqoslaş uçun, GTA V’ning savdo hajmi qariyb 235 mln nusxani, butun GTA seriyasiniki esa qariyb 480 mln nusxani taşkil etadi.

Rockstar Games asoşçisi va prezidenti Sam Houser öyin çiqişi bilan studiya tarixida yangi bob boşlanganini aytib, butun dunyodagi öyinçilarga minnatdorçilik bildirdi.
GTA VI hozirça PlayStation 5 va Xbox Series X|S konsollarida mavjud. Insayderlar ma’lumotiga köra, öyinning kompyuter versiyasi 2027-yilning birinçi çoragida çiqişi mumkin.