Nvidia direktorlar kengaşi Jensen Huangni kompaniya rahbari lavozimidan çetlatişida uning kengaşga yolğon gapirgani asosiy sabab bölgan. Bu haqda Wired naşri direktorlar kengaşiga yaqin manbaga tayanib xabar berdi.
Huang 8-noyabr kuni Alice Huang ismli ayol bilan nikohdan taşqari munosabatda bölganini tan olgan. Xabarlarga köra, bu ayol Xitoy razvedkasi uçun işlagan bölişi mumkin, biroq kengaş buni aniqlay olmagan. Öşa kuni kompaniya boş direktor xorijiy davlat razvedka operatsiyasining nişoniga aylangan bölişi mumkinligi haqidagi xabarlar sabab mustaqil tergov e’lon qilgan. Keyingi kunlarda Huangning boşqa munosabatlari, jumladan qöl ostidagi xodimlardan biri bilan aloqasi haqida ham xabarlar paydo bölgan. Xitoy Taşqi işlar vazirligi Alice Huangning ayğoqçi bölgani haqidagi ayblovlarni rad etgan.

Manbaning söziga köra, Huang yolğon gapirgani aniqlangan va bu bir yil, ya’ni 2025-yil oktyabridan sönggi voqealargaça davom etgan. Kengaşning savollari The New York Times gazetasi Nvidia’ning Singapurdagi ma’lumotlar markazi operatori Megaspeed bilan ğayrioddiy yaqin işbilarmonlik aloqalari haqida maqola çop etganidan keyin boşlangan. Alice Huang aynan şu kompaniyada işlagan. Öşanda Huang kengaşni u bilan heç qanday nomaqbul munosabat yöqligiga işontirgan. Kengaş milliy xavfsizlik masalalarini muhim deb hisoblasa-da, iste’foning asosiy sababi aynan yolğon bölgan.
Direktorlar kengaşi raisi Harvey Jones qaror oson bölmaganini, biroq şaxsiy xulq-atvor haqidagi ma’lumotlar va kompaniya kodeksi hamda qadriyatlariga zid samimiyatsizlik uni zarur qilganini tan olgan. Wired’ga köra, kengaş a’zolari, jumladan Jones, Huangning qaytişi haqidagi gap-sözlarga çek qöyişga harakat qilmoqda.

Ayni paytda Nvidia’ga nisbatan bir qator tekşiruvlar boşlangan: ular Huang Xitoyga çiplar yetkazib berilişi haqida nimalarni bilganini aniqlaşga qaratilgan. Kompaniyaning boş yuriskonsulti Tim Teter guvohlik beriş uçun Vaşingtonga çaqirilgan, rasmiylar esa eksport nazorati qoidalari buzilgan-buzilmaganini tekşirmoqda. Nvidia’ga qarşi bir neçta da’vo ham qözğatilgan. Şu bilan birga, Huangni kompaniya xodimlari va AQŞ prezidenti Donald Tramp qöllab-quvvatlagan.
Boş direktor vazifasini vaqtinça bajaruvçi Colette Kress fikriça, xodimlarni rahbarning ketişidan köra aksiyalar narxining tuşişi köproq xavotirga solmoqda. Rahbariyat bu muammoni maoşlarni oşiriş orqali hal qilişga uringan.