Xitoyning Xpeng kompaniyasi flagman G9L krossoverini Tailand va Indoneziyada sotuvga çiqardi. CnEVPost naşri xabar berişiça, olti örinli model yakşanba kuni Bangkok va Jakartada bir vaqtning özida taqdim etildi. Kompaniya bitta flagman modelni Janubi-Şarqiy Osiyoning ikki asosiy bozorida bir paytda birinçi marta işga tuşirmoqda.

Xpeng G9L taqdimot marosimi

Tailandda G9L narxi 2,399 mln batdan (taxminan 70 630 dollar), Indoneziyada esa 1,289 mlrd rupiyadan (taxminan 70 640 dollar) boşlanadi. Model GX krossoveri bilan bir platformada qurilgan va 64 ta mamlakat hamda mintaqa bozoriga möljallangan. Unda Xpeng’ning özi işlab çiqqan Turing sun’iy intellekt çipi, aqlli haydaş tizimi, 800 voltli platforma va 5C tez quvvatlaş imkoniyati bor.

G9L 17-sentabrda Xitoyda debyut qilgan, söng Yevropa, Gonkong, Yaqin Şarq va Afrika hamda Buyuk Britaniya bozorlariga çiqqan. Kompaniya ma’lumotiga köra, 2026-yilning uçinçi çoragida Xpeng X9 miniveni Tailand va Indoneziyada öz segmentida savdo böyiça birinçi örinni egallagan.

Tailandda Xpeng G9L narxi e’lon qilindi

Tailandda Xpeng 2026-yil oxirigaça 30 ta dökon oçişni reja qilgan, ularning ortaça maydoni 600 kvadrat metrdan ortiq. Kompaniya mahalliy Spark, Charge+ va EVolt operatorlari bilan hamkorlikda 2028-yilgaça 150 ta quvvatlaş stansiyasini qurmoqçi. Indoneziyada esa yil oxirigaça 25 ta dökon oçiş rejalaştirilgan, u yerda 2025-yil iyulidan beri X9 va G6 modellarini mahalliy işlab çiqariş yölga qöyilmoqda. Malayziyada 2026-yil mayida boşlangan işlab çiqariş Xpeng’ning xorijdagi uçinçi bazasi bölib, u yerda birinçi bölib G6 modeli yiğilgan.

Jakartadagi Xpeng G9L taqdimoti

Xpeng hozir 83 ta mamlakat va mintaqada faoliyat yuritadi va 1300 dan ortiq dökonga ega. CnEVPost ma’lumotlariga köra, oktabrda kompaniya xorijga rekord darajadagi 13 326 ta avtomobil yetkazib bergan. Bu ötgan yilga nisbatan 166 foizga köp va oylik umumiy yetkazib berişlarning 26,53 foizini taşkil etadi. Yanvar–oktabr oylarida xorijdagi savdo 72 805 tani taşkil etgan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar