Yevropa kosmik agentligi (ESA) va Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) tomonidan yaratilgan BepiColombo missiyasi 2026-yil 21-noyabrda Merkuriy orbitasiga çiqdi. Space.com naşri xabar berişiça, buning uçun 37 daqiqaga möljallangan dvigatel manyovri GMT böyiça soat 18:24 da boşlangan. Muvaffaqiyat haqidagi tasdiq bir neça soatdan söng keldi: missiya jamoasi X ijtimoiy tarmoğida parvoz dinamikasi bölimi apparatning Merkuriy tortişiga tuşganini tasdiqlaganini ma’lum qildi.
Biroq 22-noyabr kuni jamoa qöşimça ma’lumot berdi: manyovr paytida dvigatel dasturiy ta’minotdagi muammo sabab rejadagidan qisqaroq işlagan. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, apparat xavfsiz holatda, ESA’ning missiyalarni boşqariş markazi (ESOC) esa vaziyatni örganmoqda. Yangi ma’lumotlar 23-noyabr, duşanba kuni berilişi va’da qilingan.

BepiColombo Merkuriy atrofida aylanadigan ikkinçi kosmik apparat böldi. Bungaça buni faqat NASA’ning MESSENGER zondi uddalagan: u 2011-yil martidan 2015-yil aprelgaça sayyora orbitasida işlagan. Missiya ikki asosiy orbital apparatdan iborat: ESA’ning Mercury Planetary Orbiter (MPO) va JAXA’ning Mio deb ham ataladigan Mercury Magnetospheric Orbiter (MMO). Ular Mercury Transfer Module (MTM) energiya va harakatlantiruvçi moduli bilan birga 2018-yil oktyabrida Fransuz Gvianasidan Ariane 5 raketasida uçirilgan.
Merkuriygaça bölgan yöl taxminan yetti yil davom etdi: apparat bir marta Yer, ikki marta Venera va olti marta Merkuriy yonidan uçib ötdi. Quyoş panelidagi nosozlik MTM elektr dvigatellari uçun quvvatni kamaytirgani sabab parvoz muddati bir yilga uzaytirilgan edi.
Merkuriyga yetib keliş bosqiçi jami olti oyça davom etadi. U 3-sentabrda MTM moduli MPO va Mio’dan ajralganda boşlangan. Ikki orbital apparat hozirça bir-biriga ulangan, ular taxminan 9-dekabrda ajraladi. Şundan söng Mio kuçli çözilgan qutbiy orbitaga ötadi, MPO esa bir qator dvigatel manyovrlari yordamida 2027-yil 10-martgaça kamroq çözilgan qutbiy orbitaga çiqadi. Ilmiy işlar 2027-yil 6-aprelda boşlanişi rejalaştirilgan.
ESA ma’lumotlariga köra, missiya Merkuriyni har tomonlama örganadi: sayyora magnitosferasi va uning Quyoş şamoli bilan özaro ta’siri, katta temir yadrosi hamda magnit maydonining kelib çiqişi tadqiq qilinadi. Olingan ma’lumotlar olimlarga öz yulduziga yaqin joylaşgan sayyoraning paydo böliş va rivojlaniş tarixini tuşuniş imkonini beradi. Missiya italiyalik olim va matematik Giuseppe «Bepi» Colombo şarafiga nomlangan.