Great Wall Motor (GWM) kompaniyasiga qaraşli Ora brendi Xitoyda örta ölçamli Ora 7 elektr sedanini rasman sotuvga çiqardi. CarNewsChina naşri xabar berişiça, model ikki xil kuzovda — kupe va universal («sayohat versiyasi») körinişida taklif etiladi. Rasmiy narxlar 119 800 yuandan 169 800 yuangaça, ya’ni taxminan 17 900–25 300 dollarni taşkil etadi.

Beş versiyadan eng arzoni — 560 km Max — 119 800 yuan, 660 km Max+ esa 129 800 yuan turadi. Universal kuzovli 630 km Ultra versiyasi 135 800 yuan, uning LiDAR bilan jihozlangan varianti 149 800 yuan, töliq yuritmali 535 km Ultra AWD LiDAR esa 169 800 yuan baholangan.

Ora 7 sedani va universali

Ikkala kuzov ham Ora oilasining dizayn uslubini saqlab qolgan: yopiq old panjara va brendga xos dumaloq faralar. Avtomobil uzunligi 4820 mm, kengligi 1870 mm, balandligi 1520 mm, ğildiraklar orasidagi masofa esa 2870 mm. Xaridorlarga beş xil kuzov rangi taklif qilinadi. Salonda uç tutqiçli multifunksional rul, töliq raqamli asboblar paneli, «suzuvçi» markaziy multimedia ekrani, telefonni simsiz quvvatlaş moslamasi va ikkita stakan uçun joy bor.

Haydovçiga yordam beruvçi tizim uçun ikki xil apparat varianti mavjud: kameralarga asoslangan va LiDAR’li. LiDAR’li tizimda 27 ta sensor bor: 192 kanalli bitta LiDAR, uçta millimetr tölqinli radar, 11 ta yuqori aniqlikdagi kamera va 12 ta ultratovuş datçigi. U şahar va avtomagistrallarda NOA rejimini hamda nuqtadan nuqtagaça yordamçi haydovni qöllab-quvvatlaydi.

Ora 7 universalining yon va orqa tomoni

Ikki motorli töliq yuritmali versiyada oldingi elektr motor 160 kVt (215 ot kuçi), orqadagisi 150 kVt (201 ot kuçi) quvvatga ega, umumiy quvvat 314 kVt (422 ot kuçi). Batareya siğimi 58,3 kWh yoki 68,9 kWh. Naşr qayd etişiça, Ora 7 ni Tailandda Ora 07 nomi bilan sotilgan Ora Lightning Cat modelining keyingi avlodi deb hisoblaş mumkin.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar