Honor kompaniyasi Xitoyda yangi raqamli smartfonlar seriyasini – Honor 700, Honor 700S va Honor 700 Pro modellarini taqdim etdi. ITHome naşriga tayangan iXBT.com xabar berişiça, seriyaning boşlanğiç narxi 3400 yuan (taxminan 510 dollar).

Modellar protsessori bilan farqlanadi: Honor 700 Pro Snapdragon 8 Gen 5, Honor 700 Snapdragon 8s Gen 4, Honor 700S esa Snapdragon 7 Gen 4 çipida işlaydi. Smartfonlar 6,57 dyuymli, 1,5K ruxsatli va 120 Gs çastotali OLED ekran, Qinghai Lake deb nomlangan 9000 mAh siğimli batareya hamda 80 Vt simli quvvatlaşni oldi. Qurilmalar IP68, IP69 va IP69K standartlari böyiça himoyalangan va törtta rangda taklif etiladi. Qalinligi 7,96 mm, vazni 211 g. Pro versiyasi qöşimça ravişda 50 Vt simsiz quvvatlaşni qöllab-quvvatlaydi.
Honor 700 va 700 Pro’ning asosiy kamerasi 1/1,56 dyuymli 200 Mp sensorga ega. Unga 12 Mp ultrakeng burçakli modul va 3,5 barobar optik yaqinlaştiriş imkonini beruvçi 50 Mp periskop kamera qöşilgan. Bundan taşqari, 15 barobar yaqinlaştiradigan G200 taşqi telefoto moduli ham taklif etiladi.

Bu ikki modelning orqa panelida 1,59 dyuymli qöşimça ekran bor. U dinamik rasmlarni körsatadi va sun’iy intellekt yordamida stiker yaratişga imkon beradi: foydalanuvçi istagan dizaynni bir jumla bilan tasvirlaydi, tizim esa uni yaratib beradi. Ekranga öz rasmlari va emojilarni joylaş, virtual uy hayvonlari tasvirlangan animatsiyali mavzulardan foydalaniş mumkin. Honor ma’lumotiga köra, sohada ilk bor orqa ekran asosiy 200 Mp kamera bilan selfi oliş paytida halqasimon yoruğlik manbai vazifasini bajaradi.
Orqa ekran hududida PPG sensori ham örnatilgan: u taxminan bir daqiqada yurak urişi, qondagi kislorod darajasi va yurak ritmi özgaruvçanligini (HRV) baholaydi. Tizim bu ma’lumotlar asosida stress darajasi va hissiy holatni aniqlaydi.

Honor 700S’ning 12/256 GB versiyasi 3400 yuan (taxminan 510 dollar), 12/512 GB versiyasi esa 3700 yuan (555 dollar) turadi. Honor 700 narxi 12/256 GB uçun 3700 yuandan (555 dollar) 16/512 GB uçun 4600 yuangaça (690 dollar). Honor 700 Pro esa 4600 yuandan (690 dollar) 5600 yuangaça (840 dollar) baholangan. Sotuv boşlaniş sanasi haqida ma’lumot berilmagan.