Xitoy Shenzhou-24 boşqariladigan kosmik kemasini Tiangong orbital stansiyasiga jönatdi. Space.com naşri xabar berişiça, Long March 2F raketasi 25-noyabr kuni Pekin vaqti bilan 08:18 da (Toşkent vaqti bilan 05:18 da) mamlakat şimoli-ğarbidagi Jiuquan kosmodromidan start oldi. Bu safar ekipaj tarkibida birinçi marta xorijlik astronavt bor.
Missiya komandiri Tang Hongbo avval Shenzhou-12 va Shenzhou-17 parvozlarida qatnaşgan. Xinhua agentligi ma’lumotiga köra, u Tiangong stansiyasiga uç marta borgan birinçi inson böladi. Bort muhandisi Wu Yi esa koinotga ilk bor çiqmoqda. Ekipajning uçinçi a’zosi — foydali yuk mutaxassisi Muhammad Zeeshan Ali, Pokiston qurolli kuçlarining sobiq uçuvçisi.

Ali orbitaga çiqqan birinçi pokistonlik va Xitoy koinotga uçirgan ilk xorijiy fuqaro böldi. Xitoy va Pokiston 2025-yil fevralida Islomobodda kosmik parvozlar sohasida hamkorlik kelişuvini imzolagan edi. Şundan söng Pokiston ikki nomzodni tanlagan va ular Xitoyda tayyorgarlikdan ötgan. Ekipaj tarkibi an’anaga köra startdan bir kun oldin — 23-noyabr kuni e’lon qilindi. Eslatib ötamiz, pokistonlik Namira Salim 2023-yil oktyabrida Virgin Galactic kompaniyasining suborbital parvozida qatnaşgan, biroq orbitaga çiqmagan.
Tang Hongbo va Wu Yi odatiy almaşuv tartibida stansiyada olti oy qoladi. Ali esa u yerda bir haftaça bölib, 24-mayda uçirilgan Shenzhou-23 ekipaji a’zolari Zhang Zhiyuan va Lai Ka-ying bilan birga Yerga qaytadi. South China Morning Post ma’lumotiga köra, Shenzhou-23’ning uçinçi a’zosi Zhu Yangzhu Shenzhou-24 ekipaji qaytgunça stansiyada qoladi va orbitada bir yil bölgan birinçi xitoylik astronavtga aylanadi.

Shenzhou-24 Xitoyning 18-boşqariladigan kosmik parvozi va Tiangong stansiyasiga yuborilgan 12-astronavtlar missiyasi hisoblanadi.