Huawei Xitoyda MateBook Fold S buklanuvçi kompyuterini taqdim etdi. 3DNews naşri HuaweiCentral’ga tayanib xabar berişiça, bu 18 dyuymli MateBook Fold modelining vorisi bölib, avvalgisiga qaraganda ixçamroq korpusga ega. Qurilmaning qalinligi 6,49 mm, vazni esa 639 gramm. U HarmonyOS operatsion tizimida işlaydi.

Huawei MateBook Fold S buklanuvçi kompyuteri

Oçilgan holatda qurilma 14,7 dyuymli egiluvçan OLED ekranga aylanadi. Ekran ölçamlari 3240 × 2160 piksel, tomonlar nisbati 3:2, yangilaniş çastotasi 1 dan 120 Gs gaça moslaşuvçan (LTPO), eng yuqori yorqinligi esa 1600 kd/m². Ekran juda yupqa egiluvçan şişa (UTG) bilan qoplangan, aks etiş darajasi 2,2% bölgan qoplamaga ega hamda HDR Vivid va M-Pencil stilusini qöllab-quvvatlaydi. Korpusning taşqi tomonida 980 × 980 piksellik, 120 Gs çastotali va 2500 kd/m² gaça yorqinlikdagi 3,5 dyuymli kvadrat ekran ham bor.

Kompyuterda örnatilgan tayanç mavjud, qöşimça buklanuvçi klaviatura va sensorli panel esa uni gibrid noutbukka aylantiradi. Qurilma Kirin XE90 protsessorida işlaydi va 32 GB gaça operativ hamda 1 TB gaça doimiy xotiraga ega. Huawei ma’lumotlariga köra, bir yadroli unumdorlik 23% ga, neyroprotsessor (NPU) unumdorligi 40% ga, energiya samaradorligi esa 25% ga oşgan. Sovutiş uçun ventilyator qöllanilgan.

MateBook Fold S stilus bilan işlatilmoqda

Taşqi tomonda 50 Mp asosiy kamera va multispektral sensor, içki ekran yonida esa infraqizil sensorli va yuzni taniş funksiyasiga ega 12 Mp kamera joylaşgan. Batareya siğimi oşkor qilinmagan, ammo 65 Vt tez quvvatlaş qurilmani 30 daqiqada 55% gaça, 65 daqiqada esa töliq quvvatlaydi. 66 Vt teskari quvvatlaş, törtta dinamik, NearLink Audio va Wi-Fi 7+ ham qöllab-quvvatlanadi.

16 GB operativ va 256 GB doimiy xotirali versiya 14 999 yuan (taxminan 2251 dollar) turadi. 16 GB + 512 GB versiya 16 999 yuan, 24 GB + 512 GB versiya 18 999 yuan, 32 GB + 1 TB versiya esa 22 999 yuan baholangan. SHANGXIA brendi bilan hamkorlikda tayyorlangan maxsus versiya (32 GB + 1 TB) 24 999 yuan turadi va sumka bilan birga sotiladi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar