AMD videokartalar takt çastotasi böyiça yangi jahon rekordini qayd etdi: Radeon RX 9060 XT grafik protsessori 4,837 GGs gaça tezlatildi. Bu haqda iXBT.com naşri kompaniyaning katta vitse-prezidenti va boş menejeri Jek Xyun hamda Wccftech saytiga tayanib xabar berdi.

Rekord öyinlari uçun yiğilgan, suyuq azot bilan sovutiladigan stend

Tajriba Texas ştatining Ostin şahrida yangi oçilgan Micro Center dökonida ötkazildi. Unda Jek Xyunning özi, şuningdek, tezlatiş ixlosmandlari qatnaşdi. Ular orasida Bill Alverson va avvalgi rekord muallifi Splave ham bor edi. Videokarta suyuq azot yordamida sovutildi.

Ilgari Splave xuddi şu Radeon RX 9060 XT modelini 4,769 GGs gaça tezlatgan edi. Yangi natija undan 68 MGs ga yuqori. GPU-Z dasturidagi skrinşotga köra, grafik yadro çastotasi 4837 MGs ni taşkil etgan, bunda harorat –49 °C, kuçlaniş esa 1,434 V bölgan.

Jek Xyun rekord urinişi paytida videokartaga suyuq azot quymoqda

Naşr mualliflarining ta’kidlaşiça, bu iste’molçilar uçun möljallangan videokartada hozirgaça qayd etilgan eng yuqori çastota hisoblanadi. Sönggi paytlarda 4,5 GGs dan yuqori bölgan barça rekord natijalar aynan Radeon RX 9060 XT’da olingan. Taqqoslaş uçun, GeForce RTX 4090 avvalgi urinişlarda 4 GGs dan arang oşgan edi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar