Geely kompaniyasining Galaxy brendi 2026-yil 24-noyabrda Xitoyda yirik Galaxy M8 krossoveriga oldindan buyurtma qabul qilişni boşladi. CarNewsChina va CnEVPost naşrlari xabar berişiça, model uç xil versiyada taklif etilmoqda: ularning dastlabki narxi 199 800, 209 800 va 235 800 yuan (taxminan 29 800 – 35 200 dollar). CnEVPost ma’lumotiga köra, avtomobil rasman şu yil oxirigaça sotuvga çiqişi kutilmoqda.

Geely Galaxy M8 krossoveri

Galaxy M8 uzunligi 5205 mm, kengligi 1999 mm, balandligi 1800 mm, ğildiraklar oraliği esa 3030 mm. Bu ölçamlar ötgan yili çiqqan Galaxy M9 bilan aynan bir xil. Biroq uç qatorli va olti örinli M9 dan farqli ravişda, yangi model ikki qatorli va beş örinli salonga ega. Yuk bölimi hajmi 924 litr, ikkinçi qator örindiqlari yiğilganda esa 2340 litrgaça kengayadi.

Krossover NordThor EM-P plagin-gibrid tizimi bilan jihozlangan: unda 120 kVt quvvatli 1,5 litrli turbodvigatel va elektromotorlar işlaydi. Old ğildiraklar yetakçi versiyaning umumiy quvvati 300 kVt va aylantiruvçi momenti 910 N·m ni taşkil etadi. Uç elektromotorli tört ğildirak yetakçi versiya esa 640 kVt quvvat va 1165 N·m moment beradi hamda soatiga 100 km tezlikkaça 4,5 soniyada tezlaşadi.

Geely Galaxy M8 ning oldi va orqa körinişi

Barça versiyalarga CATL xujayralaridan yiğilgan 53,42 kVt·soatlik batareya örnatilgan. CLTC sikli böyiça faqat elektr quvvatida yuriş masofasi old ğildirak yetakçi versiyada 360 km, tört ğildirak yetakçi versiyada esa 330 km. Töla bak va töla batareya bilan umumiy masofa 1560 km gaça yetadi, batareya tugaganda yoqilği sarfi 100 km ga 4,95 litrdan boşlanadi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, 6C tezkor quvvatlantiriş batareyani 10 foizdan 70 foizgaça 8,4 daqiqada töldiradi.

Geely Galaxy M8 saloni

Avtomobilga lidar bilan birga 27 ta sensordan iborat G-ASD H5 haydovçiga yordam beriş tizimi standart tarzda örnatiladi. Salonda 17,3 dyuymli 3K ekran, Flyme Auto multimedia tizimi, 25 karnayli audiotizim va 9,1 litrli sovutiş-isitiş qutisi bor. Oldindan buyurtma uçun 500 yuan tölagan xaridorlar 2000 yuan çegirma hamda 12 800 yuanlik orqa qatordagi ikki biznes-örindiq paketini sovğa sifatida oladi. CarNewsChina qayd etişiça, China EV DataTracker ma’lumotlariga köra, Galaxy M9 yanvar–oktabr oylarida Xitoyda 32 797 dona sotilgan, aprel oyidan sotuvda bölgan Leapmotor D19 esa 43 049 dona. Naşr M9 ning kiçik batareyalari (18,4 va 41,46 kVt·soat) bunga sabab bölgan bölişi mumkinligini, M8 dagi kattaroq batareya esa modelga yordam berişi mumkinligini yozadi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar