Tayvanning TSMC kompaniyasi 1,4 nm sinfidagi A14 texnologik jarayoni mijozlar uçun çip loyihalaşga tayyor ekanini ma’lum qildi. Kompaniya, şuningdek, loyihalaş vositalari töplami (PDK) ning 0,9 versiyasini çiqardi. Sohada bu versiya töliq işlanmani boşlaş uçun yetarliça yetuk deb hisoblanadi. Bu haqda 3DNews Tom’s Hardware naşriga tayanib xabar berdi.

TSMC ma’lumotlariga köra, NanoFlex Pro arxitekturasiga ega A14 jarayoni NanoFlex’li N2P bilan soliştirilganda bir xil quvvat sarfida 14% yuqori tezlik yoki bir xil unumdorlikda 23% kam energiya sarfini ta’minlaydi. Asosiy N2P jarayoniga nisbatan esa energiya samaradorligi 50% ga, tranzistorlarni joylaştiriş ziçligi 22% ga, mantiqiy elementlar ziçligi 23% ga oşadi.

TSMC A14 va N2P jarayonlarining taqqoslaş jadvali

A14 ikkinçi avlod nanolist tranzistorlari va NanoFlex Pro standart yaçeykalar arxitekturasidan foydalanadi. U ikki turdagi yaçeykani qöllab-quvvatlaydi: kritik yöllarga joylaştiriladigan ixçam va tezkor Boost Cells (Intel’ning 14A jarayonidagi Turbo Cells’ga öxşaş) hamda umumiy mantiq va kamroq talabçan bloklar uçun torroq nanolistlarga ega Low-Power Cells.

Keyingi A13 jarayonida mijozlar A14 uçun tayyorlangan loyihani özgartirmasdan kristall maydonini taxminan 6% ga qisqartira oladi. M0 metall qatlamini qayta işlaş, faol soha (OD) konfiguratsiyasini özgartiriş va NMOS hamda PMOS uçun turli bösağa kuçlanişlariga ega VT Flex yaçeykalari qöşilsa, energiya samaradorligi yana taxminan 5% ga oşadi. Rejaga köra, A14 sinov işlab çiqarişi 2027-yilning ikkinçi yarmida, ommaviy işlab çiqariş 2028-yilning ikkinçi yarmida, A13 ommaviy işlab çiqarişi esa 2029-yilning ikkinçi yarmida boşlanadi. TSMC A13 2 nm sinfidagi oldingi jarayondan ham muhimroq bölişini kutmoqda.

A14 uçun EDA vositalarining sertifikatsiya holati

TSMC Cadence va Synopsys bilan ikki töliq loyihalaş siklini tasdiqladi, Siemens EDA yeçimi esa keyinroq qöşiladi. 1-oktabr holatiga köra uçala kompaniyaning vositalari DRC, LVS, parazit parametrlarni ajratib oliş va sxemalarni modellaştiriş uçun sertifikatlangan. Cadence va Synopsys Arm Cortex-A725 yadrosi asosida sintezdan yakuniy elektr, fizik va issiqlik tekşiruvigaça bölgan töliq loyihalaş oqimi sertifikatsiyasidan ötdi. Siemens EDA’ning tranzistor darajasidagi EM/IR sertifikatsiyasi 2026-yilning törtinçi çoragida yakunlanişi kutilmoqda.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar