Xitoyning Voyah brendi Dream 9 minivenining 87,6 kVt·soatlik batareyaga ega plagin-gibrid (PHEV) versiyasini sotuvga çiqarişga tayyorlanmoqda. CarNewsChina naşri xabar berişiça, model uçun sotuv litsenziyasiga ariza berilgan va bu ma’lumotlar Xitoy sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi (MIIT) röyxatida paydo bölgan. Naşr bu hajmni yengil plagin-gibrid avtomobillar uçun rekord deb atadi: avvalgi rekord 80,3 kVt·soatlik batareyaga ega Leapmotor D19 EREV’ga tegişli edi.

Voyah Dream 9 miniveni

Dream 9 Xitoyda 2026-yil sentyabr oyida sotuvga çiqqan, narxi 419 900 yuandan 529 900 yuangaça (taxminan 63 ming – 79,5 ming dollar). Hozir model toza elektr va plagin-gibrid versiyalarda taklif etiladi. Joriy PHEV versiyasida 1,5 litrli dvigatel, ikkita elektr motor va 65 kVt·soatlik batareya örnatilgan.

MIIT ma’lumotlariga köra, yangi 87,6 kVt·soatlik batareya CATL va Geely qöşma korxonasining uç komponentli NMC elementlaridan iborat, uni yakuniy yiğişni CATL amalga oşiradi. Batareya 510 kg keladi, bu avtomobilning 3150 kg lik vaznining 16,2 foizini taşkil etadi. Töliq vazn 3675 kg, minivenning uzunligi 5325 mm, kengligi 1998 mm, balandligi 1805 mm.

Voyah Dream 9 PHEV vazirlik röyxatidagi suratda

Vazirlik hujjatlarida elektr quvvatida 401 km gaça yuriş masofasi körsatilgan, ammo qaysi sinov sikli böyiça ekanligi aniqlanmagan. Naşr boşqa Voyah modellariga qiyosan bu WLTC sikli bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Agar şunday bölsa, Dream 9 elektrda eng uzoq yuradigan plagin-gibrid yoki masofa uzaytirgiçli avtomobilga aylanişi mumkin: masalan, Xiaomi Skynomad N70 WLTC böyiça elektrda 380 km gaça yuradi.

Minivendagi 1,5 litrli dvigatel quvvati 120 kVt (161 ot kuçi), ikki elektr motorning umumiy quvvati esa 450 kVt (603 ot kuçi). Maksimal tezlik soatiga 200 km. Avtomobilda orqa ğildiraklarni burış tizimi, uç kamerali pnevmatik osma, 896 nurli LiDAR va taşqarida proyektor sifatida işlay oladigan Huawei XPixel faralari bor.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar