Xitoy Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi (MIIT) e’lon qilgan sönggi yangi avtomobillar röyxatida Geely’ga tegişli Zeekr brendining 8X krossoveri toza elektr versiyasi paydo böldi. Bu haqda CarNewsChina naşri xabar berdi. Hozir sotuvda bölgan Zeekr 8X modellari gibrid bölib, ular 2026-yil aprel oyida bozorga çiqarilgan edi.

Zeekr 8X elektr krossoveri MIIT hujjatlarida

Hujjatlarga köra, elektr krossoverning uzunligi 5100 mm, kengligi 2000 mm, balandligi 1780 mm, ğildiraklar oraliği esa 3069 mm ni taşkil etadi. Avtomobilning vazni konfiguratsiyaga qarab 2760 kg dan 2915 kg gaça boradi. Salon 5 va 6 örinli variantlarda taklif etiladi.

Zeekr 8X BEV ikki motorli tört ğildirak yetaklovçi tizim bilan jihozlangan. Elektr motorlarning quvvati 310 kVt (416 ot kuçi) va 370 kVt (496 ot kuçi), umumiy quvvat esa 680 kVt (912 ot kuçi) ga yetadi. Maksimal tezlik soatiga 260 km ni taşkil etadi.

Zeekr 8X elektr krossoverining orqa tomoni

Uç komponentli litiy-ion akkumulyatorlarni CATL-Geely Power Battery kompaniyasi işlab çiqaradi. Batareya siğimi oşkor qilinmagan. Naşrning taxminiça, gibrid versiyalarda 55 va 70 kVt·soatlik batareyalar örnatilgani uçun elektr versiya 100 kVt·soatdan ortiq siğimga ega bölişi mumkin. Yuriş masofasi, narxi va sotuvga çiqiş sanasi hozirça ma’lum qilinmagan.

Standart jihozlar qatoriga Bosch IPB tormoz tizimi va EDR hodisalarni qayd etuvçi qurilma kiradi. Xaridorlar 21 va 22 dyuymli ğildiraklar, turli panjara bezaklari, elektr yon poğonalar, tom ustidagi yuk tokçalari hamda oldi va orqadagi körinmas zonalarni kuzatuvçi LiDARlar va köp rakursli kameralarni qöşimça tanlaşi mumkin. Krossover 2000 kg gaça yuk tirkamasini torta oladi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar