Electronic Arts kompaniyasi EA Sports FC 27 futbol simulyatoriga afsonaviy futbol şarhlovçisi Jon Motsonning ovozini qaytarmoqda. Motson 2023-yilda 77 yoşida vafot etgan. Kompaniya uning ovozini eski yozuvlar va sun’iy intellekt vositalari yordamida qayta yaratdi. StopGame naşri xabar berişiça, yangi imkoniyat öyinda 26-noyabrdan paydo böladi.
Motson seriyadagi matçlarni FIFA Soccer 96 dan boşlab şarhlagan — bu franşizaning töliq şarh bilan çiqqan birinçi öyini edi. U FIFA 06 gaça seriyaning asosiy ovozlaridan biri bölib qoldi, keyin uning örnini Klayv Tildesli egalladi.

BBC ma’lumotlariga köra, EA şarhlovçining ovozi va qiyofasidan foydalaniş uçun uning bevasi va öğlidan ruxsat olgan. Kompaniya oilaga haq ham tölagan, biroq summa oşkor qilinmagan. Motsonning öğli Fred Motson otasining ovozi futbol öyiniga qaytişi uning uçun juda katta ahamiyatga ega ekanini aytdi. Uning söziga köra, otasi FIFA 2005 dan keyin işlab çiquvçilar boşqa yöl tanlaganini tuşungan, ammo seriyadan ketgaç bu işni soğingan. Fred, şuningdek, otasini «dunyodagi texnologiyadan eng uzoq odam» deb atadi: u oxirgi kunigaça iş stolida yozuv maşinkasini saqlagan.
EA Sports FC’ning katta ijodiy direktori Mett Prayor studiya oilaning töliq roziligisiz raqamli nusxa yaratmasligini ta’kidladi. Uning aytişiça, jamoa seriyani birinçi bölib ovozlantirgan va öyinçilarning futbol simulyatorlari bilan hissiy bağlanişini şakllantirişga yordam bergan insonni hurmat qilmoqçi bölgan. Işlab çiquvçilar Motsonning asl yozuvlarini arxiv materiallarida öqitilgan yangi sun’iy intellekt modeli bilan birlaştirgan.
Biroq ovozlarni sun’iy intellekt yordamida klonlaşga qarşi Save Our Voice Now kampaniyasi asosçisi Piter Kolfild bunga e’tiroz bildirdi. Uning fikriça, Motsonning özi rozilik bera olmagan, qarindoşlarning ruxsati esa yetarli emas: inson raqamli nusxasi yaratilişiga hayotligida rozilik berişi kerak.
Eslatib ötamiz, 2026-yil fevral oyida EA şarhlovçi Gay Moubreyning ruxsati bilan uning ayrim replikalarini sun’iy intellekt yordamida yaratayotgani ma’lum bölgan: bu 20 mingdan ortiq futbolçining ismini turli öyin vaziyatlarida aytişga yordam beradi. Sentyabrda esa NHL 27 şarhlovçisi Jon Busigross ham EA uning ayrim replikalari uçun sun’iy intellektdan foydalanayotganini tasdiqlagan. EA Sports FC 27 2026-yil 25-sentyabrda çiqqan.