BYD kompaniyasi 2026-yilgi Guançjou avtosaloni doirasida Whale nomli yangi minivenini rasman taqdim etdi. CarNewsChina naşri xabar berişiça, bu brendning Ocean seriyasidagi birinçi köp maqsadli avtomobili (MPV) bölib, u asosan yoş xaridorlarga möljallangan.
Whale taşqi körinişi Seal 08 va Sealion 08 modellaridagi Ocean seriyasi dizayn uslubida yaratilgan. Old qismida LED tasma bilan birlaştirilgan egri şakldagi yuguriş çiroqlari, bamperga joylaştirilgan faralar va katta trapetsiya şaklidagi havo olgiç bor, tomiga esa LiDAR datçigi örnatilgan. Orqa tomonda ikkita ingiçka çiroq orasida BYD logotipi joylaşgan.

Minivenning uzunligi 5270 mm, kengligi 1996 mm, balandligi 1815 mm, ğildiraklar oraliği esa 3130 mm ni taşkil etadi. Şu tariqa u Denza D9 minivenidan 20 mm uzunroq, 36 mm kengroq va 85 mm pastroq. Salon hali körsatilmagan, biroq naşr avtomobil 2+2+3 sxemasidagi yetti örinli bölişini taxmin qilmoqda.
BYD vakillari ma’lum qilişiça, Xitoy bozori uçun ikki versiya tayyorlanmoqda. Plagin-gibrid modifikatsiya faqat elektrda 400 km gaça, toza elektr versiya esa CLTC sikli böyiça 900 km gaça yura oladi. Batareya siğimi va boşqa texnik xususiyatlar hozirça oşkor etilmagan. Ikkala versiya ham tezkor quvvatlaşni qöllab-quvvatlaydi: batareya 10 foizdan 97 foizgaça 9 daqiqada tölişi aytilmoqda. Taqqoslaş uçun, Zeekr 009 miniveni xuddi şunday 900 km masofaga 140 kVt·soatlik batareya hisobiga erişadi.

Ma’lumotlarga köra, Whale Xitoy bozoriga 2027-yilning birinçi çoragida taxminan 300 ming yuan (qariyb 45 ming dollar) narxda çiqadi. Avtomobil xalqaro bozorda God’s Eye nomi bilan tanilgan BYD haydovçiga yordam tizimining sönggi versiyasi bilan jihozlanadi: u haydovçi nazorati ostida «eşikdan eşikkaça» avtonom harakatlaniş imkonini beradi. Hozir BYD Dynasty seriyasida Xia (M9) minivenini 194 800–257 800 yuan oraliğida sotmoqda, biroq uning 2026-yil yanvar–oktabr oylaridagi sotuvi 5340 donani taşkil etib, ötgan yilga nisbatan 76,8 foizga kamaygan.