Epic Games kompaniyasi rahbari Tim Suini Anthropic’ning Claude sun’iy intellekt xizmati uning işini bloklab qöyganini ma’lum qildi. Uning söziga köra, tizim uni distillatsiyada, ya’ni bir neyrotarmoq javoblaridan boşqa neyrotarmoqni öqitiş uçun foydalanişda gumon qilgan.
Suini 2026-yil 25-noyabr kuni X ijtimoiy tarmoğida yozişiça, blokirovka u töplamlar nazariyasi böyiça olib borayotgan işini töxtatib qöygan. U Claude’dan korporativ akkaunt orqali kuniga bor-yöği 1–2 soat foydalanganini va modelni nusxalamaganini ta’kidladi. «Anthropic mijozlarning işiga bunday tarzda xalal berişda davom eta olmaydi», deb yozdi Epic Games rahbari.

iXBT.com naşri qayd etişiça, distillatsiya sun’iy intellekt modellari örtasida imkoniyatlarni ötkaziş uçun haqiqatan ham qöllaniladigan usul hisoblanadi. Suinining aytişiça esa, u oddiy vazifa ustida işlayotgan edi.

Biroq hozirça voqea haqida faqat Suinining talqini ma’lum. Anthropic bu holat böyiça izoh bermagan, şu sababli blokirovkaga aniq nima sabab bölgani va gumon asossiz bölgan-bölmaganini aniqlaşning imkoni yöq.