Counterpoint Research tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga köra, 2026-yilning uçinçi çoragida Android operatsion tizimining jahon smartfon sotuvlaridagi ulişi 74 foizga tuşdi. Bir yil avval bu körsatkiç 79 foiz edi. Kuzatuvlar tarixida uçinçi çorak uçun bu eng past natija hisoblanadi.

Ayni paytda iOS ulişi 17 foizdan 21 foizgaça ösdi va bu uçinçi çorak uçun rekord böldi. Umuman olganda, jahon böyiça smartfon sotuvlari ötgan yilning şu davriga nisbatan 16 foizga kamaydi.
Tahlilçilar pasayişni operativ xotira taqçilligi bilan izohlamoqda. Arzon qurilmalar işlab çiqaruvçilari komponentlar yetişmasligiga duç keldi, qimmatroq segmentda esa narxlar ösdi. Android barça narx toifalarida keng vakillikka ega bölgani uçun bu pasayişdan ayniqsa köp zarar körgan.

Apple’ning iPhone sotuvlari esa bir yil oldingiga nisbatan 2 foizga ösdi. Narxlar yuqoriroq bölişiga qaramay, iPhone 18 Pro seriyasiga talab oldingi avlodlarga qaraganda kattaroq böldi.
Huawei’ning HarmonyOS tizimi jahon miqyosida 5 foizlik ulişini saqlab qoldi. Xitoy bozorida esa uning ulişi 17 foizdan 22 foizgaça ösdi. Huawei’ning mamlakat içidagi sotuvlari 12 foizga oşgan bir paytda Xitoy smartfon bozori umuman 10 foizga qisqardi. Biroq Counterpoint Research fikriça, Huawei sentabr oyida qurilmalari narxini oşirgani keyingi ösişni sekinlaştirişi mumkin.