Rockstar Games’ning Grand Theft Auto VI öyini 2026-yil 19-noyabrda PlayStation 5 va Xbox Series X|S uçun çiqdi va Buyuk Britaniyaning çakana öyin bozoriga sezilarli ta’sir körsatdi. NielsenIQ tahliliy kompaniyasi xabar berişiça, 21-noyabrda tugagan haftada qutili öyinlar savdosi oldingi haftaga nisbatan 409 foizga ösdi. Bu 2018-yilgi Rojdestvo mavsumidan beri eng yaxşi natija bölgan.
Şu haftada mamlakatda jami qariyb 43 mln funt sterlinglik fizik öyinlar sotilgan. Şundan taxminan 32 mln funt sterlingi, ya’ni qariyb 74 foizi GTA VI hissasiga töğri kelgan. Öyin nusxalarining 88 foizi çiqqan kuniyoq sotib olingan. Birinçi hafta daromadi böyiça GTA VI NielsenIQ’ning 1995-yildan buyon yuritilayotgan reytingida 17-örinni egalladi: birinçi örinda GTA V, 11-örinda esa GTA IV turibdi.

Yangi öyin konsollar savdosini ham oşirdi. Şu haftada konsollar savdosi 38 foizga ösib, 2025-yildan beri eng yuqori darajaga çiqdi. PS5’ga talab 46 foizga, Xbox Series’ga esa 75 foizga ortdi. AQŞda ikkala konsol savdosi ikki baravardan ziyod ösgan.
Aksessuarlar ham faol sotildi: PS5 kontrollerlari savdosi 355 foizga, öyin quloqçinlari 94 foizga, öyin kreslolari esa 32 foizga ösdi. Taqqoslaş uçun, GTA V çiqqanida kreslolar savdosi 40 foizga oşgan edi.

NielsenIQ’ning iste’mol bozori tahlili böyiça katta direktori Dorian Bloch ta’kidlaşiça, 2008-yilda qutili öyinlar öyinlar, konsollar va aksessuarlar çakana savdosidan tuşgan daromadning yarmini taşkil etgan bölsa, 2026-yilda bu uluş atigi 15 foizga teng. Bu bozorning asta-sekin raqamli yuklab olişga ötayotganini körsatadi. Şunga qaramay, uning söziga köra, 1995-yildan beri faqat 16 ta öyin birinçi haftada qutili nusxalardan GTA VI’dan köproq daromad keltirgan. Bu seriyaning çakana savdoda hali ham kuçli ekanini anglatadi.