Braziliyaning fond birjasi operatori B3 oltita yirik moliya kompaniyasi — Bradesco, BTG Pactual, Itaú Unibanco, Safra, Santander va XP bilan birgalikda Braziliya realiga bağlangan Open BRL steyblkoinini işga tuşiradi. Bu haqda mahalliy Valor Econômico naşriga tayanib CoinDesk xabar berdi.

B3’ning mahsulotlar böyiça vitse-prezidenti Luiz Masagão’ning söziga köra, platforma 2027-yilning birinçi çoragida işga tuşişi kutilmoqda. Loyiha iştirokçilari uni moliyalaştiradi va Open BRL’ni öz raqamli aktiv loyihalarida qöllaydi, biroq qança mablağ kiritilayotgani oşkor qilinmagan. Boşqa moliya muassasalari ham birinçi kundanoq qöşilişi mumkin. «Maqsadimiz — bu taşabbus Braziliyaning butun moliya bozori uçun oçiq bölişi», — dedi Masagão.

Birja kotirovkalari grafiklari

Muzokaralar taxminan uç oy oldin boşlangan: B3 va banklar alohida steyblkoinlar raqobatçi muassasalar örtasida qarşilikka uçraşi mumkinligini tuşungan. Banklar içki ehtiyojlar uçun öz tokenlarini saqlab qoladi, Open BRL esa ularga B3 orqali bir-biriga mablağ ötkaziş imkonini beradi.

Foydalanuvçi 1 real kiritib, blokçeynda bitta Open BRL tokenini oladi. Tokenni Banco B3 çiqaradi va uning zaxiralarini saqlaydi, şuning uçun egalari uni istalgan vaqtda yana realga almaştirişi mumkin. Dastlab platformani B3 boşqaradi, boşqaruv tartibi, iş qoidalari, texnik standartlar va narxlarni esa maxsus qömita belgilaydi. Masagão tarmoq kengaygaç, hamkorlar uni mustaqil kompaniyaga ajratişi mumkinligini aytdi. B3 Open BRL’dan özi yaratayotgan raqamli aksiyalar platformasida tokenlaştirilgan aksiyalar bitimlari böyiça hisob-kitob uçun foydalanmoqçi.

Steyblkoin

Masagão’ning aytişiça, loyiha amaldagi qoidalar doirasida qurilmoqda, Braziliya Markaziy banki u haqda xabardor qilingan, mamlakat Qimmatli qoğozlar va birjalar komissiyasi (CVM) esa taşabbusni qöllab-quvvatlaydi. Fevral oyida kuçga kirgan Markaziy bank qoidalari kripto platformalardan litsenziya olişni talab qiladi va steyblkoin savdosini valyuta operatsiyasi sifatida köradi. Receita Federal soliq xizmati ma’lumotiga köra, braziliyaliklar 2025-yilda 404,8 mlrd real miqdoridagi steyblkoin operatsiyalarini deklaratsiya qilgan. Bu barça kripto faolligining qariyb 80 foizini taşkil etadi, uşbu hajmning qariyb 90 foizi esa Tether’ning USDT tokeniga töğri kelgan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar