Geely konserniga qaraşli Lynk & Co brendi töliq ölçamli 900L flagman krossoverini Xitoy bozoriga olib çiqdi. CarNewsChina naşri xabar berişiça, model uçun buyurtmalar qabul qilina boşlandi, uning boşlanğiç narxi 329 800 yuan. Avtomobil dekabr oyida sotuvga çiqadi.

900L plagin-gibrid tizimga ega: 2 litrli dvigatel elektr motorlar bilan birga işlaydi, tizimning umumiy quvvati 730 kVt, ya’ni 979 ot kuçini taşkil etadi. Xaridorlarga 55 va 70 kVt·soatli ikki xil batareya taklif qilinadi, ular CLTC sikli böyiça elektrda 320–430 km masofani ta’minlaydi. Xuddi şu batareyalar Zeekr 9X modelida ham qöllaniladi.
Krossoverning uzunligi 5280 mm, kengligi 1999 mm, balandligi 1810 mm, ğildiraklar orasidagi masofa esa 3170 mm. Naşrga köra, u oddiy 900 modelidan 40 mm uzunroq. Pnevmatik osma va orqa ğildiraklarni burış tizimi tufayli burilış radiusi 5,1 metrni taşkil etadi. Taşqi dizayni Range Rover’dan ilhomlangani sezilib turadi: blok şaklidagi faralar, töğri burçakli havo olgiç, yarim yaşirin eşik tutqiçlari va yaxlit orqa çiroq liniyasi.

Salonda 2+2+3 sxemasida yetti örindiq örnatilgan. Ikkinçi qatordagi kapitan kreslolari 180 darajaga burilib, uçinçi qator yölovçilariga yuzlana oladi va 550 mm gaça oldinga-orqaga suriladi. Ular isitiladigan elektr oyoq tayançi, 22 nuqtali massaj va elektr qöltiqtayançi bilan jihozlangan. Bundan taşqari, avtomobilda 640 TOPS quvvatli Snapdragon Elite çipida işlaydigan ikkita 30 dyuymli 6K ekran, 31 ta dinamik, proyeksion displey va içki muzlatkiç bor.

Eslatib ötamiz, asl Lynk & Co 900 krossoveri Xitoy bozoriga 2025-yil aprelida 309 900 – 416 900 yuan narxda çiqqan edi. China EV DataTracker ma’lumotlariga köra, Lynk & Co mamlakat içida mijozlarga atigi 11 659 ta avtomobil topşirgan, bu ötgan yilga nisbatan 77,3 foiz kam. Geely hozir Galaxy M9, Lynk & Co 900 va Zeekr 9X dan iborat uçta töliq ölçamli krossoverni taklif qilmoqda.