Xitoyning GAC avtokonserni Guançjou avtosalonida Danxia Battery 3.0 deb nomlangan yangi batareya blokini taqdim etdi. CarNewsChina naşri xabar berişiça, uning pastki qismi 82-2 rusumidagi qöl granatasi portlaşiga ham bardoş bera oladi. Kompaniya bu batareyaning birinçi avlodini 2021-yilda, Danxia Battery 2.0 ni esa 2023-yilda çiqargan edi. Uçinçi avlodda asosiy e’tibor xavfsizlikka qaratilgan.
GAC’ning batareya tizimlari böyiça tadqiqot va işlanmalar rahbari Wang Qingquan ma’lum qilişiça, Danxia Battery 3.0 ikki xil himoya tuzilmasiga ega. Birinçisi – yetti qatlamli pastki himoya bölib, u 2000 joulgaça zarba energiyasiga çidaydi. Xitoyning amaldagi xavfsizlik standarti esa atigi 150 joullik zarbaga bardoş berişni talab qiladi.

Ikkinçi tuzilma batareyani yon tomondan keladigan zarbalardan himoya qiladi. Soatiga 32 km tezlikda yon tomoni bilan ustunga uriliş sinovida batareya yaçeykalariga heç qanday ezilib kiriş qayd etilmagan. Bunga energiyani yutiş va yukni taqsimlaş orqali erişilgan. Bundan taşqari, tizim 2 mm lik oqişni uç soniya içida aniqlay oladi, bu esa suyuqlik oqişi sababli qisqa tutaşuv yuz berişining oldini oladi.
Sinovlar Xitoy avtomobil muhandisligi ilmiy-tadqiqot instituti (CAERI) bilan birgalikda ötkazilgan. Batareya tagiga 150, 300, 500, 1000 va 2000 joullik zarbalar berilgan, harakatlanayotgan paytda tagini qirib ötiş ham sinab körilgan. GAC körsatgan videoda 62 gramm trotilli 82-2 rusumidagi qöl granatasi avtomobilga örnatilgan batareyaning bevosita tagida portlatilgan. Batareya yonib ketmagan, avtomobil esa işlaşda davom etgan. Batareya tagida bir neçta elastik tölqin datçiklari bor va kuçli zarba bölganda tizim darhol ogohlantiriş beradi.

Yangi batareya qaysi GAC modellariga örnatilişi hozirça ma’lum emas. Kompaniya şuningdek, 2026-yil noyabr holatiga köra, öz zaryadlaş tarmoği 240 ta şaharni qamrab olganini ma’lum qildi: unda 2564 ta zaryadlaş stansiyasi va 33 mingta zaryadlaş qurilmasi bor, barçasi 1000 V li yuqori kuçlanişli DC zaryadlovçilardir. Bundan taşqari, GAC tarmoği hamkorlarning 215 ming stansiyasi va 2,14 mln zaryadlaş qurilmasini ham birlaştiradi.