Lenovo AMD platformasidagi ikkita yangi noutbuk — IdeaPad Vibe 14AHP12 va IdeaPad Vibe 15AHP12 modellarini taqdim etdi. iXBT.com naşri xabar berişiça, ikkala model ham Hawk Point avlodiga mansub gibrid protsessorlar asosida qurilgan. Bu çiplar dastlab Ryzen 8000 seriyasi sifatida bozorga çiqqan, hozir esa Ryzen 200 liniyasi nomi bilan sotilmoqda.
Xaridorlar uç xil protsessor orasidan tanlaşi mumkin: Ryzen 3 205 (bitta katta va uçta kiçik yadro), şuningdek Ryzen 5 216 va Ryzen 7 217 (ikkita katta va törtta kiçik yadro). Barça versiyalarda Radeon 740M örnatilgan grafika işlatiladi, biroq naşr undan yuqori unumdorlik kutmaslikni maslahat beradi. Muhim jihati, bu protsessorlarning birortasida ham sun’iy intellekt vazifalari uçun alohida NPU bloki yöq.

Konfiguratsiyaga qarab noutbuklarga 32 GB gaça operativ xotira örnatiladi, SSD uçun esa ikkita uya ajratilgan. Simsiz aloqa Wi-Fi 6 yoki Wi-Fi 7 standartida işlaydi, batareya siğimi 50 yoki 65 Vt·soatni taşkil etadi.
Ekranlar ham turliça: IPS yoki OLED matritsa, 1200p yoki 1352p ruxsat va 60 yoki 120 Gs yangilaniş çastotasi taklif etiladi. Rasmiy narxlar hali e’lon qilinmagan, biroq Yevropadagi sotuvçilardan birida Ryzen 5 216, 8 GB operativ xotira va 512 GB xotiraga ega versiya taxminan 1000 yevroga sotilmoqda. Naşr ta’kidlaşiça, turli versiyalar narxi bir-biridan sezilarli farq qiladi.