WhatsApp Travel eSIM nomli yangi funksiyani yaqin orada işga tuşirişini e’lon qildi. U foydalanuvçilarga xorijga sayohat qilganda mobil internet uçun virtual SIM-kartani ilovadan çiqmasdan, bir neça bosişda sotib oliş va örnatiş imkonini beradi. Bu haqda iXBT.com GSMArena va WABetaInfo naşrlariga tayanib xabar berdi.

Kompaniya ta’kidlaşiça, yangi imkoniyat boşqa davlatga yetib kelgaç mahalliy SIM-karta izlaş, ommaviy Wi-Fi tarmoqlarini qidiriş yoki qimmat roumingga pul tölaş zaruratini yöqotadi. Bunda foydalanuvçi WhatsApp’dan odatdagi telefon raqami bilan foydalanişda davom etadi, internetga ulaniş talab qiladigan boşqa ilovalar ham işlayveradi.

WhatsApp’dagi Travel eSIM funksiyasi

WhatsApp bu loyihada eSIM provayderlari va telekom operatorlari bilan hamkorlik qilmoqda. Ular orasida Jio, Smart Axiata, Smart Communications va Verizon bor, kompaniya blogida esa boşqa hamkorlar ham borligi aytilgan.

Funksiya avvaliga ayrim davlatlarda paydo böladi, biroq ularning aniq röyxati hali oçiqlanmagan. Imkoniyat foydalanuvçining mamlakatida mavjud bölgaç, u bevosita ilovaning özida körinadi. WABetaInfo ma’lumotlariga köra, eSIM akkaunt bölimi orqali sotib olinadi: buning uçun röyxatdan yoki qidiruv orqali boriladigan davlatni tanlaş kerak.

WhatsApp ilovasida eSIM tarif rejalari

Funksiyadan foydalaniş uçun smartfon eSIM texnologiyasini qöllab-quvvatlaşi lozim. Töliq xalqaro işga tuşiriş muddatlari va internet paketlarining şartlari hozirça ma’lum qilinmagan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar