Varşavada joylaşgan, fizik sun’iy intellekt bilan şuğullanuvçi Lute startapi pre-seed va seed bosqiçlarida jami 20 mln dollar investitsiya jalb qildi. Bu haqda kompaniya 2026-yil 25-noyabrda e’lon qildi, TNW naşri esa batafsil xabar berdi. Pre-seed raundiga Credo Ventures va Seedcamp, seed raundiga esa OTB Ventures va FORWARD.one boşçilik qildi. Moliyalaştirişda Inovo VC, Borusan Ventures, ff Venture Capital fondlari hamda investor Naval Ravikant ham iştirok etdi.
Lute 2026-yil yanvarida taşkil etilgan. Kompaniya rahbari Pavel Budzyanovski Kembrij universitetida maşinali öqitiş böyiça PhD darajasini olgan, PolyAI kompaniyasida ML jamoasiga rahbarlik qilgan va arzon oçiq kodli gumanoid robotlar yaratuvçi K-Scale Labs’ga asos solganlardan biri. Hammuassis va texnik direktor Kşiştof Valas ilgari Poznan texnologiya universitetida dotsent bölgan va polşaning Nomagic ombor robototexnikasi kompaniyasiga maslahatçi sifatida işlagan.

Startapning asosiy ğoyasi şundan iborat: aksariyat robotlar faqat kameralarga tayanadi, teginiş esa buyumni qançalik qattiq uşlaş, uning sirpanayotgani yoki mörtligini bildiradi. Lute hamkorlari bilan birga kiçik va yumşoq taktil sensorlar işlab çiqib, ularni istalgan joyda teginiş ma’lumotlarini yiğiş mumkin bölgan köçma qurilmaga örnatgan. Kompaniyaning birinçi modeli Lute-0 videodan sahna qanday özgarişini örganib, buni robot harakatlariga aylantiradi. Kelajakda körişdan taşqari teginiş ma’lumotlarida ham öqitilgan modellar oilasi çiqarilişi rejalaştirilgan.
Kompaniyaning öz sinovlariga köra, çakana savdo vazifalarida Lute-0 Physical Intelligence’ning oçiq kodli π0.5 modeliga teng yoki undan yaxşiroq natija körsatgan: sabzavotlar bilan işlaşda 76% ga qarşi 22%, yumşoq qadoqli gazaklarda 98% ga qarşi 70%. Lute modelning ikki baravar tezroq javob berişini ham ta’kidlaydi. TNW bu raqamlar kompaniyaning içki ma’lumotlari ekani va mustaqil natijalar hali yöqligini qayd etgan.

Lute robotlari yillik tuşumi 6 mlrd dollar bölgan, Yevropadagi eng yirik avtomobil ehtiyot qismlari distribyutorida işlamoqda, kompaniya yirik çakana savdo tarmoqlari bilan ham hamkorlik qiladi. FORWARD.one ma’lumotiga köra, robotlar vaqtning qariyb 90 foizida inson aralaşuvisiz işlaydi. Jalb qilingan mablağ teginiş ma’lumotlarini yiğiş, modellarni öqitiş va yangi mijozlar topişga sarflanadi. Hozir 16 kişidan iborat jamoa Varşava va Kaliforniyadagi San-Mateo şahrida kengaytiriladi.