Google kompaniyasi Gemini çatbotining veb-versiyasi Chrome brauzerida haddan taşqari köp operativ xotira sarflaşiga olib kelgan xatoni tuzatdi. Bu haqda iXBT.com AndroidHeadlines naşriga tayanib xabar berdi. Muammo bir yildan ortiq vaqt davomida saqlanib kelgan: çatbot oçilgan birgina varaq bir neça gigabayt xotirani band qilib, kompyuter işini sekinlaştirgan.

Foydalanuvçilar 6,4 GB, ayrim hollarda esa 8,4 GB gaça xotira sarfi kuzatilganini ma’lum qilgan. 2025-yil dekabrida qayd etilgan holatlardan birida hatto akkauntga kirilmagan sessiya ham taxminan 100 MB dan 1,3 GB gaça ösgan. Boşqa bir foydalanuvçining yozişiça, PDF fayl biriktirilgan beş xabarlik suhbat 15 daqiqa içida xotira sarfini 250 MB dan 900 MB gaça oşirgan.
14-noyabr kuni Reddit foydalanuvçisi Gemini varaği 5 GB dan ortiq xotira egallab turgan skrinşotni e’lon qildi. Google’ning rasmiy qöllab-quvvatlaş xizmati unga javoban muammo allaqaçon hal qilinganini tasdiqladi va yuqori xotira sarfi takrorlansa, xabar berişni söradi. Biroq kompaniya xatoning sababi va texnik tafsilotlarini oşkor qilmadi.

Tuzatiş Gemini’ning veb-versiyasiga tegişli, şuning uçun brauzerni qayta örnatiş yoki qölda yangilaş talab qilinmaydi. Xotira sarfini tekşiriş uçun Chrome varaği ustiga kursorni olib boriş yoki brauzerning vazifalar dispetçerini oçiş kifoya. Agar xotira sarfi yuqoriligiça qolsa, Google xato haqida hisobot yuborişni tavsiya qiladi.