Niderlandiya AQŞda muhokama qilinayotgan MATCH Act qonun loyihasi qabul qilinmasligi uçun qölidan kelgan barça işni qiladi. Bu hujjat Xitoyga yarimötkazgiç uskunalari eksportiga qöyilgan çeklovlarni kuçaytirişni nazarda tutadi. CGTN naşri xabar berişiça, bu haqda Niderlandiyaning taşqi savdo va taraqqiyot uçun hamkorlik vaziri Sjoerd Sjoerdsma parlamentdagi çiqişida ma’lum qildi.
Vazirga köra, Gaaga Vaşington talablarini avtomatik ravişda bajarmoqçi emas. Agar qonun qabul qilinsa, Niderlandiya AQŞ ma’muriyatini uni qöllamaslikka çaqiradi.

Qonun loyihasi AQŞ va uning ittifoqçilari eksport nazoratini muvofiqlaştirişga qaratilgan. Biroq Niderlandiyada AQŞ çeklovlari amalda Yevropa kompaniyalarining qarorlariga ham tarqalişidan xavotir bor. Asosiy misol — Yevropadagi eng yirik litografiya uskunalari işlab çiqaruvçisi va qit’adagi birjada eng qimmat kompaniya bölgan ASML. Sjoerdsma fikriça, çeklovlar zarur darajadan oşib ketadi va sun’iy intellekt çiplarini işlab çiqarişda foydalanib bölmaydigan texnologiyalarni ham qamrab oladi.
Niderlandiya hukumati MATCH Act’ga qarşi kuraşni ički siyosiy bahs emas, balki milliy manfaat va davlat suvereniteti masalasi deb hisoblaydi. Vazir mamlakat mustaqilligiga, ayniqsa milliy xavfsizlik masalalarida putur yetkazadigan eksterritorial va bir tomonlama çoralarga qarşi ekanini aytdi.

Gaaga boşqa Yevropa davlatlaridan ham qöllab-quvvatlaş izlamoqçi. Vazirning söziga köra, qonun loyihasi nafaqat ASML’ga, balki boşqa Yevropa mamlakatlarining texnologiya sohalariga ham ta’sir qiladi. Niderlandiya hujjat qabul qilinişining oldini oliş uçun Yevropa Komissiyasi, Germaniya va Fransiya bilan hamkorlik qilmoqda. Sjoerdsma hatto AQŞ Kongressi loyihani ma’qullagan taqdirda ham Niderlandiya qonun kuçga kirmasligi uçun harakatni davom ettirişini ta’kidladi.