Turizm qömitasi huzuridagi Milliy PR-markaz va Yandex Uzbekistan raqamli sayyohlik infratuzilmasini rivojlantiriş hamda turizmga oid ma’lumotlardan foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş böyiça hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda UzDaily naşri xabar berdi.

Hujjat 31-Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi — «Ipak yölida turizm» doirasida imzolandi. Unga Milliy PR-markaz direktori Şahboz Saidxonov va Yandex Uzbekistan’ning strategik rivojlaniş böyiça vitse-prezidenti Sardor Qodirov imzo çekdi.

Yandex Uzbekistan va Milliy PR-markaz vakillari memorandum imzolamoqda

Kelişuvga köra, Yandex Maps xizmatiga sayyohlik marşrutlari, mehmonxonalar va boşqa sertifikatlangan joylaşuv vositalari, yöl belgilari, Wi-Fi nuqtalari hamda jamoat hojatxonalari haqidagi rasmiy ma’lumotlar integratsiya qilinişi kutilmoqda.

Tomonlar bu qadam raqamli navigatsiyani yanada tölaqonli va dolzarb qilişi, uni sayohatçilarning real ehtiyojlariga yaqinlaştirişini kutmoqda. Hamkorlik Özbekiston turizm sohasida raqamli yeçimlarni joriy etiş yölidagi navbatdagi qadam sifatida baholanmoqda. Taşabbus mamlakatga keladigan mehmonlar uçun zamonaviy axborot muhitini yaratişga qaratilgan.

Eslatib ötamiz, sentabr oyida Yandex Maps Toşkent va Samarqanddagi aeroportlar hamda savdo markazlarida bino içidagi navigatsiyani işga tuşirgan edi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar