FIFA kiberhujum qurboni bölganini va tajovuzkorlar taşkilotning çeklangan miqdordagi şaxsiy va tijoriy ma’lumotlariga ruxsatsiz kirişga muvaffaq bölganini tasdiqladi. Bu haqda BBC, The Record va SecurityLab naşrlari xabar berdi. Hujum uçun javobgarlikni Handsome Boy Hacking Club (HBHC) nomli guruh öz zimmasiga oldi.

Guruh 12 GB dan ortiq içki hujjatlarni öğirlaganini da’vo qilmoqda. Ular orasida şaxsni tasdiqlovçi va immigratsiya hujjatlari, federatsiya rahbarlari haqidagi ma’lumotlar, moliyaviy hisobotlar, yuridik materiallar va boşqaruvga oid içki hujjatlar borligi aytilmoqda. Xakerlar FIFA’ning Microsoft korporativ muhitiga kirganini ta’kidlaydi. 19-noyabr kuni ular X tarmoğida öğirlangan deb da’vo qilingan fayllarning ilk skrinşotlarini e’lon qilgan. The Record ma’lumotiga köra, guruh FIFA’dan pul undirişga uringan, ammo bu natija bermagaç, ma’lumotlarni xakerlar forumiga joylagan. HBHC yaqinda paydo bölgan va moliyaviy maqsadini oşkora tan oladi, uning a’zolari haqida esa deyarli ma’lumot yöq.
Tergovdan xabardor manbalar BBC’ga ma’lum qilişiça, hujum dasturiy zaiflik yoki texnik nosozlik tufayli sodir bölmagan. Jinoyatçilar taşkilot xodimlari qiyofasiga kirib, ularning işonçidan foydalangan, ya’ni ijtimoiy muhandislik usulini qöllagan. Aldovning aniq ssenariysi va tizimga qanday kirilgani oşkor qilinmagan.

Içki baholaşga köra, öğirlangan ma’lumotlar FIFA tizimlarida saqlanayotgan barça ma’lumotlarning 0,1 foizidan kamini taşkil etadi. Federatsiya öğirlangan ma’lumotlarning aniq hajmi va jabrlanganlar sonini rasman aytmadi. FIFA huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini hamda ma’lumotlarni, ayniqsa şaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy qölga kiritiş va e’lon qilişni qat’iy qoralaşini bildirdi.
BBC Sport ma’lumotiga köra, öğirlangan fayllar orasida FIFA Forward Enterprise loyihasiga oid hujjatlar yöq. Bu loyiha doirasida federatsiya Jahon çempionati va boşqa musobaqalarning tijoriy huquqlarini boşqaradigan yangi tuzilmaning 20 foiz ulişini sotib, 4,2 mlrd dollargaça mablağ jalb qilişni rejalaştirgan edi, biroq futbol konfederatsiyalarining e’tirozidan keyin bu taşabbusdan voz keçildi. Bundan bir neça kun oldin Ispaniyaning La Liga futbol ligasi ham muxlislarning şaxsiy ma’lumotlari sizib çiqqanini tan olgan edi.