Huawei Pura X Max buklanuvçi smartfonining sotuvlari 1,27 mln donadan oşdi. Bu haqda ITHome naşri Xitoy brendlarining içki bozordagi ulişini kuzatib boruvçi RDObservation blogeri statistikasiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, 2026-yilning 46-haftasi (9–15-noyabr) holatiga standart versiyadan taxminan 683 ming dona, Collector's Edition versiyasidan esa qariyb 587 ming dona sotilgan. Avvaliga savdoda kolleksiya versiyasi yetakçilik qilgan, biroq taxminan 40-haftada standart model oldinga çiqib olgan.

Huawei Pura X Max buklanuvçi smartfoni

Pura X Max Kirin 9030 Pro protsessori asosida işlaydi, uning savdosi 25-aprelda boşlangan. Standart versiya narxi 11 ming yuandan (taxminan 1540 dollar), Collector's Edition esa 13 ming yuandan (taxminan 1820 dollar) boşlanadi. Standart versiya 12/256 GB va 12/512 GB konfiguratsiyalarida taklif etiladi, eng qimmat variant esa 14 ming yuan (taxminan 1960 dollar) turadi.

Sentabr oyi oxirida Huawei iste’mol biznesi rahbari Yu Chengdong iPhone Duo taqdimotidan keyingi haftada qurilma sotuvlari 76 foizga oşganini ma’lum qilgan edi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar