Xitoyning NIO kompaniyasi 29-noyabr kuni uçinçi avlod ES8 elektr krossoverining 170 mingtasini mijozga topşirdi. CnEVPost naşri xabar berişiça, yubiley avtomobili Makaodagi NIO House’da egasiga berildi. Bu voqea model bozorga çiqqanidan 14 oy ötib sodir böldi.

Avtomobilni ES8 mahsulot yönalişi boş menejeri Sun Ning Zeng familiyali xaridorga topşirdi. NIO bayonotiga köra, Zeng avval nemis premium brendining yirik krossoveri va yapon premium miniveniga egalik qilgan. U salonning kengligi hamda NOMI yordamçisi örnatilgan aqlli kokpit tufayli elektromobilga ötgan.
Uçinçi avlod ES8 2025-yil 20-sentyabrda taqdim etilgan, yetkazib beriş esa ertasi kuni boşlangan. 160 minginçi avtomobil 2026-yil 23-oktyabrda topşirilgan edi. Sönggi 10 mingta avtomobilni yetkazib beriş 37 kun oldi, vaholanki 150 mingdan 160 minggaça bölgan bosqiç 33 kun, 140 mingdan 150 minggaça bölgani esa 30 kun davom etgan. NIO ma’lumotiga köra, model çiqqanidan beri oyiga örtaça 10 mingtadan ortiq yetkazib berilmoqda.

Kompaniya 2026-yilning yanvar–oktyabr oylarida ES8’ning çakana savdosi 119 167 donani taşkil etganini va bu Xitoyning yirik krossoverlar hamda 400 ming yuan (59 630 dollar) narxdagi avtomobillar segmentlarida birinçi örin ekanini ma’lum qildi. CPCA ma’lumotlariga köra, şu davrda 119 232 ta ES8 yetkazib berilgan: bu NIO asosiy brendi savdosining 59,58 foizi va kompaniyaning uçala brendi böyiça umumiy savdoning 35,64 foizidir. Oktyabrda esa 8738 ta ES8 sotilgan: bu sentyabrga nisbatan 17,14 foiz kam, ötgan yilning şu oyiga nisbatan 30,11 foiz köp. Bu yil davomidagi eng past körsatkiç bölib, 10 mingtadan ortiq savdo bilan davom etgan uç oylik ketma-ketlikka yakun yasadi.
Guançjou avtosalonida taqdim etilgan ES8 Mirror Black Edition 2.0 versiyasi batareya bilan 434 800 yuandan, batareyani ijaraga beruvçi BaaS tizimida esa 326 800 yuandan sotiladi va 5 hamda 6 örinli variantlarda taklif etiladi. Oddiy uçinçi avlod ES8 5, 6 va 7 örinli bölib, narxi batareya bilan 382 800 yuandan, BaaS bilan esa 274 800 yuandan boşlanadi.